ikkinchidan, ma’lum bir hududda yashovchi kishilargagina tushunarli bo‘lgan
so‘zlar va hozirda iste’molda bo‘lmagan qadimiy, eskirgan, tarixiy so‘zlar, ya’ni
arxaizm va istorizmlar ko‘p uchrashi; uchinchidan, muayyan geografik hudud
aholisining kasb-kori va hunar turlarini ifodalovchi professionalizmlarlarning ko‘p
qo‘llanishi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Nemis badiiy asarlari tarjimasida
lingvokulturemalarni ifodalash omillari va badiiy usullari”
deb nomlanib, unda
lingvokulturemalarning klassifikatsiyasi, ifoda usullari, asliyatdan tarjima
qilishdagi mavjud strategiyalar tadqiq etilgan. Dissertant V.A.Maslova tomonidan
ilgari surilgan lingvokulturologik birliklar ro’yxatiga asoslanib, uch guruhdan
iborat klassifikatsiya va ularning subklassifikatsiyalarini, V.Molinaning fikriga
tayanib esa to’rt guruhga ajratilgan klassifikatorni ilmiy asosda o’rgangan.
Lingvokulturemalarning shakli xususida to’xtalib, so’z, frazeologik birlik, gap va
matn ko’rinishlarining har biri uchun misollar keltirgan, va ularni tahlilga tortgan.
Lingvokulturoligik birliklar tarjimasida tarjima texnikasi masalasiga to’xtalgan
tadqiqotchi frazeologik ekvivalentlarni qo’llash, analoglardan foydalanish,
transkripsiya,
transliteratsiya
kabi
tarjima
texnikasi
bo’yicha nazariy
ma’lumotlarga tayangan holda ularni misollar yordamida asoslashga harakat
qilgan. Dissertantning quyidagi tahlillariga e’tibor qaratamiz: asliyatdagi Auf dem
Heimweg fährt der Brautwagen den anderen voran, er muß schnell fahren, sonst
geht es in der Ehe den Krebsgang parchasi tarjimada Uyga qaytishayotganda
kuyovning ot-aravasi boshqalarnikidan tezroq yeladi, yo’qsa kuyovning ishi
orqaga ketishi mumkin tarzida berilgan. Ushbu misolda nemis tilidagi Die Sache
geht den Krebsgang frazeologizmi o’zbek tiliga mos muqobili ishi orqaga ketmoq
orqali tarjima qilingan, natijada aynan muqobillik saqlangan. Yoki Die Hochzeit
darf nicht in der heißesten Zeit, also nicht an den Hundstagen stattfinden, …
parchasi to’y yozgi chilla paytida ham, aprel oyining yomg’irli kunlarida ham …
tarzida o’girilgan. Mazkur misolda keltirilgan Hundstagen so’zi nemis
madaniyatida 24- iyuldan 23- avgustgacha davom etadigan juda issiq yoz
3
mavsumini anglatadi, o’zbek madaniyatda bu chilla so’ziga mos kelganligi sababli
ham tarjimon aynan shu so’zdan foydalangan, natijada tarjimon adekvat tarjimaga
erishgan. Shuningdek, nemischa matnda uchraydigan Bremer, marka, Antverpen
kabi lingvokulturemalar transkripsiya, Southampton, Gibraltar, Genua, Port Said
kabi lingvokulturologik birliklar esa transliteratsiya yo’li bilan, Das Rote Meer –
qizil dengiz esa to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni so’zma-so’z tarjima qilingan. Quyida
keltirilgan misol dafn marosimidan keltirilgan parcha bo’lib, butun matn
yaxlitlikda lingvokulturemani tashkil etyapti. Chunki unda rasm-rusum, urf-odatlar
nemis xalqi madaniyati va jamiyat a’zolarining o’ziga xosligi yaqqol aks etgan: Zu
beiden Seiten der männlichen Leiche legt man je eine Axt. Die weibliche Leiche
erhält eine Axt auf den Leib, den Stiel nach den Füßen gerichtet. Beim Einsargen
werden die Axte fortgenommen. Das Gefäß mit dem Leichenwasser wird unter
einer Regengosse vergraben. Das Stroh, auf dem der Tote gelegen hat, und seine
alten Kleider werden verbrannt oder vergraben. Der Tod wird den Tieren in den
Ställen und den Bäumen im Garten angesagt mit den Worten: Euer Hauswirt ist
tot. O’tkazilgan tahlillar asosida chiqarilgan xulosalar dissertantning original va
tarjima matnini sinchkovlik bilan muqoyasa qilganligidan dalolat beradi.
Dissertasiyaning uchinchi bobi “Nemis adabiyotida lingvokulturemalarning
ifodalanishi” deb nomlanib, unda nemis tilidan o’zbek tiliga bevosita tarjima
qilingan asarlarda mavjud lingvokulturemalarning ifoda vositalari tahlil qilingan.
Lingvokulturemalar so’zdan ko’ra ko’proq mazmunga ega ekanligi, ular o’zida
ma’lum bir xalqning tarixi, madaniyati, milliy xarakteri, siyosati, ma’lum bir
jamiyatning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi turli misollar orqali yoritilib,
nemis yozuvchisi Jenny Erpenbeckning “Heimsuchung” romani va uning Hafiza
Qo’chqorova tomonidan o’girilgan va “Makon istab” deb nomlangan bevosita
tarjimasidagi yozuvchi tomonidan tanlangan har bir personaj va voqea-hodisa
shunchaki badiiy to’qima bo’lmasdan, balki nemis xalqi o’tmishi va siyosiy hayoti,
boy tarixiy madaniyati va urf-odatlari bilan yo’g’rilgani tadqiqotchi tomonidan
sinchkovlik bilan o’rganilgan. Dissertant o’zigacha amalga oshirilgan ishlarga
tayangan holda ushbu asarni yaxlit holicha lingvokulturema deb ataydi. Chunki
asardagi joy nomlari shunchaki biror hudud nomi emas, balki mashhur dam olish
maskani, yoki bo’lmasa ta’kidlangan personajlar, shunchaki yozuvchi tomonidan
berilgan shaxs nomlari emas, balki nemis xalqi tarixida o’chmas iz qoldirgan
shaxslardir, masalan, Shmeling – Germaniya tarixida jahon chempioni bo’lgan
mashhur bokschi. Bundan tashqari, asardan nemis xalqi tarixiy-madaniy hayotida
o’chmas iz qoldirgan me’morlar obrazi ham o’rin olgan. Dissertantning
ta’kidlashicha, ushbu asar nemis xalqining madaniy-tarixiy assotsiatsiyalarini
o’zida jamlagan.
Dissertant lingvokulturema terminining tarjimashunoslikda qabul qilingan
realiya, kulturonim va idionim kabi terminlardan farqli jihatlarini izohlab, qator
misollar yordamida ularning mazmun-mohiyatini ochib berishga erishgan. Uning
fikricha, lingvokulturemalar realiya, kulturonim va idionimlar bilan cheklanmay,
ularning har bir qirrasini o’zida mujassamlashtirgan hodisa hisoblanadi.
4
Tadqiqotda nemis badiiy asarlarida uchraydigan lingvokulturemalarni o’zbek
tilidagi ayrim namunalarini chog’ishtirma tahlil qilish va tarjima uslubiyatida
ularni adekvat o’girishning algoritmini ishlab chiqish, shuningdek, badiiy asarlar
tarjimasi amaliyotida ekvivalent tanlash, so’zma-so’z tarjima qilish, so‘zlarni
qo‘shib tarjima qilish yoki aksincha, so‘zlarni tushirib qoldirish, transliteratsiya,
sinonim so‘zlardan foydalanish, izoh keltirish, ijodiy tarjima, generalizatsiya,
konkretizatsiya (aniqlashtirish), modulyatsiya, analogiya bo‘yicha yoki ma’noni
yaqinlashtirib tarjima qilish usullari eng ko‘p qo‘llanadigan va qo‘llanishi mumkin
bo‘lgan usullar ekani ta’kidlangan va tahlil qilingan har bir misolda tarjima usuli
va texnikasi ko’rsatib o’tilgan.
Tadqiqotchi tilning ijtimoiy hodisa ekanligi, uning o’ziga xos jihatlari
faqatgina ma’lum bir jamiyatda namoyon bo’lishi va boshqa jamiyatda uning
takrorlanmas ekanligi, garchi til elementlari shaklan va mazmunan mos kelsada,
mantiqan moslik har doim ham ta’minlanmasligi mumkinligi haqidagi fikr-
mulohazalarini bayon etgan. Shu ma’noda hozirgi zamon sotsiolingvistikasida
sotsial va hududiy dialektlarni shunchaki qayd qilish, lingvistik tabiatini
tushuntirishgina emas, balki ulardan unumli foydalanish yo’llarini ko’rsatish ham
talab etiladi.
Mazkur ishda tadqiqotchi tomonidan olib borilgan hisob-kitoblarga ko’ra
tahlilga tortilgan misollarning 50 foizi so’z, 40 foizi matn va 10 foizi ibora
ko’rinishida uchraydi. So’z shaklidagi lingvokulturemalarning asosiy qismini
toponimlar, o’simlik va gullar nomlari, shuningdek shaxs nomlari tashkil etadi.
Matn ko’rinishidagi lingvokulturemalarda esa asosan voqea va hodisalar tasviri
yaxlit holda kontekstda lingvokulturema sifatida namoyon bo’lishi asoslangan.
Dissertantning xulosalariga ko’ra, lingvokulturemalarning milliy-madaniy
xususiyatlarini yoritishda va tarjima qilishda lingvistik va ekstralingvistik omillarni
hisobga
olish
zarur.
Lingvokulturemalarda
ma’noning ifodalanishi va
kuchaytirilishi milliy-madaniy xususiyatlarning qiyoslanishi bilan uzviy bog’liq
tarzda kechadi. Har bir ifodalanayotgan lingvokulturema tarjima matnlarida
pragmatik muvofiqlikni saqlashi va ularning o’zga xalqlar uchun tushunarli
bo’lishi, ya’ni pragmatik xususiyatlarni aks ettirishi tarjima qoidasi darajasidagi
shartlardan ekanligi e’tirof etilgan.
Ko’rinyaptiki, ishning tahlil qamrovi ancha keng. Unda muhim ilmiy
xulosalar mavjud. Dissertant lingvokulturologiya va sotsiolingvistika, shuningdek,
tarjima masalalari bo’yicha zarur adabiyotlarni o’rganib chiqqan, ularda bildirilgan
fikr-mulohazalarni umumlashtirishga harakat qilgan, ulardan o’rni bilan
foydalanib, ishning kerakli qismida iqtibos keltirgan. Ish ravon ilmiy til va uslubda
yozilgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganlarning barchasi ishning o’ziga xos yutuqlari
hisoblanadi. Ammo shu kabi yutuqlar barobarida ishda ayrim kamchiliklar va
bildirish mumkin bo’lgan fikr va mulohazalar ham yo’q emas. Jumladan:
1. 3.1 va 3.2 faslda tahlilga tortilgan misollardagi lingvokulturologik
birliklarning sof madaniy, sotsial, pragmatik jihatlarini yanada chuqurroq yoritib
5
berish lozimdek ko’rinadi. Xususan, tadqiqotning uchinchi bobi birinchi faslida
dissertant quyidagi matn parchasini tahlilga tortgan: Also kein Ossi, liebe Lore –
Dostları ilə paylaş: |