Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari



Yüklə 395,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix20.06.2023
ölçüsü395,93 Kb.
#133129
1   2   3
Axmedov taqriz

demakki, azizam Lore, bu olifta Sharqiy Germaniyadan bo’lishi mumkin emas. 
Yuqorida keltirilgan misolda nemis tili og’zaki nutqida ishlatiladigan so’z, 
shunchaki til vakilining so’zlashuv uslubi emas, balki xalqning tarixiga ham 
bog’liq tushunchadir. Ikkinchi Jahon urushidan so’ng Germaniya ikkiga, Sharqiy 
va G’arbiy Germaniyaga bo’lib yuborilgan. Misolda keltirilgan Ossi so’zi aynan 
Sharqiy Germaniya hududi ma’nosiga ega. Demak, ushbu lingvokulturema 
millatning tarixi bilan ham bog’liq. Tarjimon o’z mahoratini namoyish etgan holda 
o’zbek kitobxoniga tushunarli bo’lishi uchun Ossi so’zining ma’nosini to’liq ochib 
bergan. Bizningcha, bu so’z zamirida yana bir pragmatik va lingvokulturologik 
jihat bor, ya’ni u G’arbiy Germaniyaliklarning Sharqiy Germaniyaliklarga nisbatan 
masxaraomuz, pastga urish, mensimaslik kabi qo’shimcha ma’nolarni ham 
ifodalaydi, dissertant so’zdagi mana shu nozik ma’noga ham e’tibor qaratganda 
uning yana bir muhim qirrasi ochilgan bo’lar edi.
2. Ishning ikkinchi bobi uchinchi faslida tarjimada ijodkorlik omili xususida 
to’xtalib o’tilgan, biroq ularga kengroq ko’lamda murojaat qilinganda va tahlillar 
keltirilganda mazkur bo’limda berilgan fikrlar dalolati yanada kuchaytirilgan 
bo’lar edi. 
3. Dissertatsiyada asliyat va uning tarjima matnlari jadval shaklida muqoyasa 
qilingan, biroq ularning manbasi va sahifasi ayrim o’rinlarda ko’rsatilgan bo’lsa, 
boshqa o’rinlarda ko‘rsatilmagan.
4. Ishda ba’zi texnik kamchiliklar kuzatiladi. Masalan havolalarni 
rasmiylashtirishda, jadvallarni tartiblashda kamchiliklar uchraydi (67, 82, 88 
sahifalar).
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuni va 
mundarijasiga putur yetkazmaydi, qolaversa ularning aksariyati tavsiya xarakteriga 
ega bo‘lib, dissertant keyingi ishlarida e’tiborga olishi kerak. Ushbu tadqiqot ishi 
tushunarli, ravon tilda yozilgan bo‘lib, dissertatsiyaning asosiy mazmuni uning 
avtoreferatida va e’lon qilingan ishlarda o‘z aksini topgan. 
Xulosa qilib aytganda, “Nemis tilidan o’zbek tiliga lingvokulturemalar 
tarjimasining sotsiolingvistik aspektlari” mavzusidagi ushbu dissertatsiya 
tugallangan ilmiy ish bo‘lib, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma 
tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligiga mos. Dissertatsiya O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Attestatsiya komissiyasi nizomida falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyalari uchun belgilangan talablarga to‘la javob beradi. Shunday ekan, ish 
muallifi Irgasheva Feruza Baxtiyorovnaga ushbu tadqiqot asosida filologiya fanlari 
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish mumkin.
Qarshi davlat universiteti Nemis tili
va adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya
fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) 
 
 
 
A.B.Axmedov 

Yüklə 395,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin