Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish


Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 48,13 Kb.
səhifə3/4
tarix03.06.2023
ölçüsü48,13 Kb.
#124600
1   2   3   4
Neobixeviorizm haqida tushuncha Uning turlari kirish

Psixologiya fanining fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko‘rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashqil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko‘ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo‘lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir.
Umumiy psixologiyada qabul qilingan tezisdan kelib chiqqan holda gapiriladigan bo‘lsa, inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki shaxs bo‘lib shakllanadi. Ijtimoiylashuvning tuzilishiga ko‘ra, shaxs shakllanish jarayoni inson tug‘ilgan daqiqadan boshlanadi. G.M.Andreyeva o‘zining «Ijtimoiy psixologiya» kitobida shaxs shakllanishining uchta soha orqali amalga oshirilishini aytib o‘tadi: 1. Faoliyat sohasi, ya’ni um ri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar sohasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko‘nikm alarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yolidagi faolligi unda o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi. 2. Muloqot sohasi, ayniqsa maktabga ham yosh davrdagi va o‘smirlik davrlaridagi muloqot tizimlari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega 'oo‘ladi, jamiyatda o‘z o‘rnini tasavvur qilishga erishadi. 3. 0 ‘z-o‘zini anglash sohasi. Ijtimoiylashuvning yana bir sohasi o‘z-o‘zini anglash sohasidir. Umumiy qilib aytganda, ijtimoiylashuv jarayoni odamdagi «Men» obrazining shakllanganligidan dalolat beradi (I.S.Kon, 1978). Ko‘p tadqiqotlarda, qayd etilishicha, shaxsdagi «Men» obrazi birdaniga shakllanmaydi, balki uning shakllanishi butun hayot davomida ko‘p sonli ijtimoiy ta’sirlar ostida kechadi. 0 ‘z «Men»ining mavjudligini his qilish shaxsning hali chaqaloq paytidanoq boshlanadigan va uzoq davom etadigan jarayondir, shuning natijasida individ shaxs sifatida shakllanib, ijtimoiylashib boradi. Ijtimoiylashuv sohalaridan biri bo‘lmish — o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni «Men» obrazi yil sayin o‘zgarib boruvchi jarayon bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglaydi, soiigra o‘zo‘zini baholash, anglash, nazorat qilish xususiyatlari rivojlanadi. A.V. Petrovskiyning fikricha, ijtimoiy-psixologik munosabatlar shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida yosh davrlarini inobatga olgan holda amalga oshadi. Petrovskiy shaxs xarakteri va tarbiyasini rivojlantirishda ahamiyatga ega bo‘lgan 3 asosiy makrofazani ajratib ko‘rsatadi: 1. Bolalik davri. 2. 0 ‘smirlik davri. 3. Yoshlik (o^pirinlik) davri. Bolalik davri — individning adaptatsiyalashuv jarayoni amalga oshadi, bunda, ma’lum me’yorlarni egallash bilan jamiyatga ijtimoiylashuv, ya’ni ijtimoiy adaptatsiya jarayoni yuz beradi (masalan: 2 yoshli bolaga choynakdagi choyning issiqligini o£rgatish). 0 ‘smirlik davri — individualizatsiya, ya’ni inson o‘z ehtiyojlarini, shaxsiy turmushi (hayoti)dagi talablarini anglashi bilan ifodalanadi (masalan: mehrga nisbatan ehtiyojning kuchayishi va bu ehtiyojning yetarlicha qondirilmasligi). Yoshlik (o‘spirinlik) davri — jamiyatga qo‘shilish (integratsiya) jarayoni bo‘lib, bu jarayonda shaxsda muayyan xislatlar va xususiyatlar vujudga keladi, shu bilan birga, bu davrdagi shaxsiy va guruhiy ijtimoiylashuv jarayoniga zarurat va ehtiyoj ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Inson o‘zgaruvchan ijtimoiy atrof-muhitda yashaydi, shundan kelib chiqib uning zimmasiga faoliyat va munosabatlarning yangi ko‘rinishlari qo‘shilaveradi, yangi ijtimoiy rollarni bajarib borishga majbur bo‘ladi. Demak, individ o‘z hayoti davomida yangi ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirib boradi, bir vaqtning o‘zida dunyoqarashidan kelib chiqqan holda unda boshqacha ijtimoiy munosabatlar ham yuzaga keladi. Shaxs ijtimoiylashuvi bosqichlari Shaxs ijtimoiylashuvining quyidagi bosqichlari mavjud: Rus sotsiologi N.Andreyenkova ijtimoiylashuv jarayonini ikki katta bosqichda tasavvur qiladi. Uning birinchi bosqichi — individning ijtimoiy mavjudod sifatida shakllanishini ta’minlovchi hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu bosqichda quyidagilar amalga oshadi: • ilk ijtimoiylashuv (bolalik davri); • m e’yortiv xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish (o'smirlik davriga to‘g ‘ri keladi); • ijtimoiylashuv oqibatlarining yaxlit namoyon bo‘lishi (o‘spirinlikdan balog'at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga oladi). Ikkinchi bosqich — shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra nafaqa yoshiga yetgan inson sifatida o‘z o‘rniga ega boladi. Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiypsixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog'liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi. Ijtimoiylashuv bosqichlari haqida F.Akromova quyidagi ma’lumotlarni keltiradi: Birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo‘lgan bosqich bo‘lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o‘qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o‘ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi. Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda namoyon etadi. Bu davrda kasbga ega bo‘lish, aniq hayot yo‘lini tanlash, turmush qurish, kelgusi avlodni tarbiyalash kabi shaxsning barcha ijtimoiy fazilatlari shu davrda shakllanadi. Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo‘lib, bunga asosan mehnat faoliyatidan so‘nggi qarilik gashtini surayotganlar kiradilar. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko‘ra shaxs tuzilishida ham xususiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Katta yoshdagi ijtimoiylashuvning o‘ziga xosligi shundaki, unda individualizatsiya jarayoni aniqroq, sezilarliroq kechadi. Chunki katta odam nafaqat tashqi ta’sirlarni o‘ziashtiradi, balki o‘zidagi iqtidor, malaka, hayotiy tajribasi bilan boshqalarga ham tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatadi, amalda yoshlarga shaxsiy o‘rnak ko'rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu nuqtayi nazardan, qarilikning ijtimoiy mohiyati shundaki, ota-bobolarimiz asosan o'zlaridagi mavjud ijtimoiy tajribani boshqalarga (farzandlar, nabiralar, mahalladagi yoshlar va hokazo) uzatish bilan shug‘ullanadilar va bu narsa avniqsa, Sharq xalqlarida juda e’zozlanadi. Xalqimizdagi «qari bilganni pari bilmas» degan naql ham bobolar va momolar o‘gitlarining tarbiyalovchi mohiyatini aks ettiradi. Shu sababli ham mustaqil yurtimizda qariyalar e’zozlanadi, mahallaning boshqaruv roli kun savin oshirilmoqda, oila tarbiyaning bosh o‘chog‘i sifatida davlat himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bu mustaqil davlat voshlarida yangicha tafakkur va ongning shakllanishiga, yurtga sadoqat, vatanparvarlikning rivojiga o‘z hissasini qo’shadi. Tayanch tushunchalar: Ijtimoiylashuv — bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirishimizdan iborat bo4gan jarayon. Ijtimoiy malakalarni o‘zlashtirish — jamiyatning insonga ta’sir etishi, ijtimoiy tajribani qabul qilish va o‘zlashtirish. Adaptatsiya — shaxsning o‘z ichki xususiyatlarini o‘zi yashayotgan m uhitni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishi. Identifikatsiya — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xulq-atvorini, qadriyatlarini va ijtimoiy m e’yorlarini o‘zida qayta tiklashi (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish). Taqlid qilish — individ tomonidan ongli va ongsiz ravishda boshqalarning xatti-harakati, yurish-turishi, gapirishini o‘zida qayta tiklash (o‘ziniki qilib o‘zlashtirish). Ishonish — individ tomonidan ongli va ongsiz holatda u bilan muloqotga kirgan insonlarning fikrlari, his-tuyg‘ulari, dunyoqarashlarini o‘zida qayta tiklash (o'ziniki qilib o‘zlashtirish). Nazorat savollari: 1. Ijtimoiylashuv tushunchasini izohlang. 2. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi necha yoiialishda olib boriladi? 3. Ijtimoiylashuv mexanizmlari deganda nimalarni tushunasiz? 4. Bolaning jamiyatga muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvida oila institutining ahamiyatini izohlang. 5. Ijtimoiylashuv jarayonining sohalari va bosqichlarini aytib bering. Ijtimoiy ustanovka tushunchasi Psixologiya fanida shaxsning xulq-atvori va faoliyatga qaratilgan anglanilmagan mayllari orasidagi bogiiqlik muayyan darajada tadqiq etilgani ustanovka borasidagi muammolarga tegishlidir. Ustanovka inglizcha set so‘zidan olingan boiib, ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud bo'lsa, bu munosabat bizning his-tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir. Masaian, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli bolgan ma’lumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning istalgan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u paydo bo‘ladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Ba’zi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi. Demak, ustanovka — insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni bilish asosida javob berishga harakat qilamiz. Bir qarashda «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchasi bir-biriga juda yaqin va o'xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda ta'riflash ham juda mushkul. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtayi nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va ijtimoiy psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanov- ka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq o‘rganishga xizmat qiladi. Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasmrusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi. Ustanovka — insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir. Ustanovka — bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir. Ustanovka — insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir. Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qim m ati bilan uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo£nalganlik», «tayyorlik» kabi m azm unni anglatuvchi, bir-biriga o‘xshovchi «ustanovka» va «ijtimoiy ustanovka» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi ko‘pchilik olim lar tom onidan qayd etilgan. Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyektning m a’lum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bog‘liqligi ta’kidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari bo‘lsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga doir ma’lumotlarni tahlil qilamiz. Ijtimoiy psixologiyada esa shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi. Ijtimoiy ustanovka (ingl. social attitude) — insonning boshqa kishilarga, ijtimoiy guruhlarga, tashkilotlarga, jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga, voqea-hodisalarga bo‘lgan barqaror munosabatdir. Barcha mutaxassislar bir fikrga kelishganki, ijtimoiy ustanovka- larni o‘rganish shaxsni tushunishga bo‘lgan ijtimoiy psixologik yondashuvdir. Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishdagi uch bosqich Ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy ustanovkalarning o‘rganilishi uch bosqichli jarayonni boshidan kechirgan. Birinchi bosqich — XX asrning boshlariga tegishli bolib, bu davrda fanga ijtimoiy ustanovka tushunchasi kiritildi hamda olimlar ijtimoiy ustanovkalarning mazmunini tushunish uchun nazariy va eksperimental tadqiqotlarni boshlab yuborishdi. Bir-biriga ma'nodosh boigan ustanovka va attityud, bir vaqtning o‘zida ham bir xil, ham boshqa-boshqa xil ma’no va tushunchalarni anglatishi olimlarni bir qancha chalkashliklarga olib kelgan edi. Lekin amerikalik sotsiologlar U.Tomas va F. Znanetskiylarning «Polshalik dehqon Yevropa va Amerikada» deb nomlangan taniqli asari nashr (1918— 1920-yillar) qilingandan boshlab, attityud kategoriyasiga ijtimoiy psixologiyaning asosiy komponenti va shaxsning tavsifi sifatida qaray boshlandi. Shuning uchun «Ijtimoiy ustanovka» tushunchasining fanga kiritilishi amerikalik sotsiologlar U. Tomas va F. Znanetskiylarning yuqorida qayd etilgan asari bilan bogiiq, deb hisoblaniladi. Asarda Amerikaga muhojir bolib borgan polshalik dehqonlarning psixologiyasi va xulq-atvoridagi o‘zgarishlar jamiyatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan ularning munosabatiga bogiiq ekanligiga oid mulohazalar berilgan edi. Aynan mana shunday munosabatlar ijtimoiy ustanovkalar deb nomlandi. 1935- yilga kelib faqat amerika adabiyotlarining o‘zidagina ijtimoiy ustanovkalarning 20 ga yaqin ta’riflari vujudga kelgan edi. Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar Birinchi Jahon urushi yillarida ham jadallik bilan rivojlandi. Chunki, «psixologik urush», ya’ni dushman tomonidagilarga psixologik ta’sir ko‘rsatish uchun olib boriladigan targibot va tashviqot ishlari aynan ijtimoiy ustanovka va uni o‘zgartirish bilan bogiiq edi. Bunda dushmanga nisbatan qarama- qarshi tomondan ko‘rsatilayotgan psixologik ta’sirlar dushmanning ijtimoiy ustanovkalarini boshqacha yo‘nalishda shakllantirish, takomillashtirish va o‘zgartirishga qaratilgan edi. Demak, urush jarayonida insonning ijtimoiy ustanovkalaridan raqiblarni yengish maqsadida psixologik qurol sifatida foydalanilgan. Hozirgi kunda ham terroristik guruh a’zolari o‘zlarining qabih rejalarini amalga oshirish yo‘lida yoshlarning ongini zaharlashda ularning ijtimoiy ustanovkalaridan foydalanayotganligini hisobga olsak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ham bu muam m oning chuqur o‘rganilishi lozimligi ayon bo‘ladi. Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939— 1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan. Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960- yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masaian, reklama bilan bog‘liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday qoilanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda. D.N. Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attityud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tomonidan ijtimoiy obyektlarning mazmun-mohiyatini psixologik boshdan kechirish. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologiyada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va h.k.)ga ko‘ra avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tayyorgarlik shaklidir. Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvurlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. «Ijtimoiy ustanovka» atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan. Attityud tushunchasining mohiyati va attityudning vazifalari Keyinchalik G ‘arb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi «Attitude» — «attityud» so‘zi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport «ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir», deb ta’kidlagan edi. «Attitude» atamasi o'zbek tiliga tarjima qilinganda «yaroqlilik» yoki «moslik» degan ma’noni bildiradi. «Attitude» so‘ziga yana bir ta’rif quyidagicha: «individ tomonidan ijtimoiy obyektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, ma’nosini psixologik his qilish»dir. «Attitude» ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan; — ongning ma’lum bir holati; — reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat; — inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat; — avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat; — xulq-atvorga dinamik ta’sir kobrsatuvchi holat; U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh a’zosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini o‘rganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi boiib «attityud» tushunchasi «individning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik tayyorgarligi sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nisbatan namoyon bo‘luvchi individning ongli holati» sifatida talqin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan. G.O llport attityudga shaxsning harakatga tayyorgarlik jarayoni sifatida qarab, u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini e’tirof etadi va bunday ta’rif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yo‘nalishini o‘rganish uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E. Bogardusning «Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qaramaqarshi harakat qilish an’anasidir», degan fikri bilan ham izohlash mumkin. Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash l.Aytsen va M. Fishbaynlar tomonidan taklif qilingan «komponentlilik» nazariyasi bilan bog‘liqdir. Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni g‘arb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, bajarish konteksti jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalash mumkin. 1942-yilda M.Smit attityudning uch komponentli strukturasini ishlab chiqqan. Bunga ko‘ra attityudda uch qism boiib, bular kognitiv, affektiv va konativ qismlaridir. attityud kognitiv affektiv konativ Kognitiv qism — shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, shu obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari g‘oyalar, tasavvurlar, prinsiplar va hokazolar kiradi. Attityudning affektiv qismi (emotsional) — o‘sha obyektni hissiy-emotsional baholash bolib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi. Konativ qism — xulq-atvor bilan bog‘liq qism bo‘lib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor ko‘rinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti o‘z ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki potensial (shaxs bajarishga tayyor bo‘lgan) xatti-harakatlarni qamrab oladi.


Yüklə 48,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin