Neokantchilik



Yüklə 74,37 Kb.
səhifə2/7
tarix05.10.2023
ölçüsü74,37 Kb.
#152428
1   2   3   4   5   6   7
3-MAVZU (1)

Otto Libman (1840-1914) ilk bor «Kantga qaytish!» shiorini o'rtaga tashlagan faylasuf hisoblanadi. Uning fikricha, Kantning ta'limotini tiklash uning tarafdorlari fikrini qayta tiklash orqaligina mumkindir. Ana shu fikmi Libman o'zining «Kant va epigonlarn asarida rivojlantirdi (1865). "Kantga qaytish shiori bunday sharoitda tushunrali bo'lgan. Bir tomondan, idealistik metafizika katta natijalarga olib keldi. I.Kant tomonidan ishlab chiqilgan tanqidiy ratsionalizm metodologiyasi boshqa konsepsiyalardan ajralib turgan. Boshqa tomondan, ilmiylikka da'vo qilgan materializm, shubhali metafizikani yaratdi. I.Kant aql ko'zi bilan qaraladigan metafizika va bilish mumkin bo 'lmagan "o'zidagi narsalar" (sezgi, his-tuyg'ulaming ob'yektiv manbai) va cheksiz bo'lishi mumkin bo'lgan tajriba sohasini hosil qiluvchi bilish mumkin bo'lgan hodisalar haqidagi dualizm ta'limoti skeptitsizmi, dogmatizmi qarshi chiqqan. Shuning uchun ham yangi davr mutafakkiriga qaytish davr talabiga aylangan. Bu yerda gap Kantga ko'r-ko'rona ergashishi haqida ketmayapti, uning umumiy pozitsiyasini qabul qilib, yo'nalishi davom ettirish ustida bormoqda.
Libman fikricha, Kant ta'limotining o'ziga xos tomoni shundan iboratki, Kant < on», «miya» yoki Leybnitsning ruhiy «monada» tushunchasidan kelib chiqmaydi, ular o'z falsafasining asosi qilib olmaydi. U «ong» tushunchasini asos qilib oladi. Kant o'zining bilish sohasidagi tadqiqotlarini alohida individning yoki insoniyatning ongini tahlil qilishga qaratmagan, balki mavhum «ong» kategoriyasi ustida ishlagan. Demak, Libman fikricha, «ong» kategoriyasi dunyoni tushunishni birinchi shartidir, va har qanday fan ob'yektining asosida yotadi. Ana shu ong dunyosi o'zining ichki - «immanent» shakllari orqali boshqariladi. YA'ni kaleydoskop o'zining maydonidagi buyumlami o'zida qanday aks ettirsa, ong ham butun borliqni o'z ichki qonuniyatlari orqali aks ettiradi.
Biroq Libmanning Kantdan farqi shundan iboratki, uningcha «narsa o'zida» hissiyotimizning ob'yektiv sababi emas, balki ongning ichki (immanent) g'oyasi bizning bilish dunyomizni o'ziga moslab tuzadi. Libman aytadiki, «Bahor guli mening ongim nuridan tashqari nima ham bo'lar edi? Hech nima!» Libmanning keyingi ishlarida Kant falsafasining idealistik tomoni ko'proq rivojlantirildi. Kantning aprior tushuncha to'g'risidagi g'oyasi Libman qarashlarida kosmik, metakosmik mazmun oldi, dunyoning asosiy sababiga aylandi.

Yüklə 74,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin