G.Kogen-matematiktabiiyotshunoslikhaqida. Cheksiz bilish jarayonida va borliqni yaratilishida Kogenning ideali - bu matematik bilishdir. Yangi tabiiyotshunoslik - bu matematik tabiiyotshunoslikdir. Bu jarayon Kant davridan boshlangan edi.
Kogenda matematika fanlarning ideali ekanligi alohida ma'no kasb etadi. "Shu jihatdan, Kogen matematika haqidagi ta'limotida markaziy o'rinni cheksiz zarrachalar to'g'risidagi tushunchalar egallaydi. Matematikaning asosiy uslubi esa cheksiz zarrachalami hisoblash uslubidir. Aynan matematik tushuncha bo'lgan cheksiz zarrachalarda Kogen o'zining idealistik fikrini tasdiqlashga harakat qilgan. Unga binoan voqe'likni biz fikrdan topamiz, hissiyotdan emas va um aynan hissizlikdan chiqib fikriy boshlang'ichga boramiz. Fanning o'zi esa
«mavjudlikning boshlang'ichini hissizlikdan» tashqaridaligini isbotlashi kerak"5.
Kogen fikricha, fan haqiqatdan buni isbotlaydi. Hamma moddalardagi sodir bo'layotgan hodisalami modda hodisasi sifatida fizika cheksiz zarrachalar harakatidan tushuntiradi, ya'ni hissiyot tomonidan qabul qilinmaydigan atomlar va molekulalaming tanalarini, shuningdek, vaznsiz efiming to'lqinsimon harakatini ham hissiyot tomonidan bilib bo'lmaydi. Cheksiz zarrachalar tushunchasi borligi tufayli bu narsalar bizga ravshanlashadi, ya'ni fiziklar «materiya»si - his qilinmaydigan haqiqiylikdir, «...materiya faqat gipotezadirn. Bu «gipoteza» «o'z diqqat-e'tiboriga hissiyotni oladi, lekin uni hissiyotning shuurii ruhiy olami asosida tushuntirmaydi, balki matematika uslublari orqali tushuntiradi; hissiyotning shuurini matematika uslublari to'g'rilaydi». Kogen cheksiz zarrachalar tushunchasini ishlatib, shunga ilova qiladiki, elektr va magnetizm hech qanday hissiyot uyg'otmaydi. Lekin «hozirgi fizika elektrdan butun haqiqiylikni asoslashga urinmoqda».
O'z navbatida reallikning haqiqiy kategoriyasi - nafaqat matematikada, fizikada ham cheksiz zarrachalar tushunchasidir. Hamma fizik jarayonlaming boshlanG'ichi cheksiz zarrachalar harakati birligidan iboratdir. Cheksiz zarrachalar tushunchasisiz tabiat qonunini na asoslab, na tushuntirib bo'ladi, fizik nazariya ham, harakat ham bo'lmaydi. Vaholanki, harakat bu uzluksizlikdir, uzluksizlik esa makon va zamondagi cheksiz zarrachalarning benihoya ko'pligini talab qiladi. Hattoki, hissiyotning mazmuni ham, Kogen fikricha, fikrdan, ya'ni - matematik birlikdan iborat. Predmet ham o'zining realligini faqat son orqali ifodalaydi. Son bu fundamentdir. «Real predmetlar o'zining metodologik asosini matematika
fanidan, ya'ni sondan topadi». Shuning uchun ham cheksiz zarrachalar tushunchasi ilk asos ahamiyatiga egadir.
Shunday qilib, Kogenning falsafiy qarashlarida pifagorchilik qayta tug'ildi. Lekin qadimgi pifagorchilikda sonlar ruhiy xususiyatga ega bo'lsa, Kogen tizimida esa, son - bu kategoriya, tushuncha. Pifagor ta'limotida sonlar borliqning asosini tashkil etadi, lekin bu sonlami Pifagor tirik, ruhiy mavjudotlar sifatida tushungan. Sonlarga bunday qarash Kogenga mutloq begonadir. Demak, Kogenning son to'g'risidagi ta'limoti relyativistik funksionalizm ko'rinishini oldi. Hamma tushunchalar nisbiy xususiyatga egadir. Fan taraqqiy etaveradi va bu jarayonda fan tushunchalarining yangi xususiyatlari ochilaveradi. Shuning uchun ham fanning o'zgarmas asoslari haqida gap ham bo'lishi mumkin emas.