Nerv Sistemasining Tuzilishi


Irradiasiya, induksiya, qo'zg'alish, tormozlanish, dominantaning yoshga xos xususiyatlari



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə6/10
tarix19.04.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#100778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Nerv Sistemasining Tuzilishi

Irradiasiya, induksiya, qo'zg'alish, tormozlanish, dominantaning yoshga xos xususiyatlari. Bola tug'ilgandan keyin markaziy nerv sistemasi tashqi muhit ta'siri va hulq-atvor, nutq tufayli rivojlanib boradi. Yangi tug'ilgan va kichik bog'cha yoshidagi bolalarning nerv sitemasida qo'zg'alish jarayonidan ustun turadi. Harakat markazlari orqa va bosh miyada tez qo'zg'alish xususiyatiga ega, shu sababli bu yoshdagi bolalar serharakat va his-hayajonga to'la bo'ladi.
Bolalarda shartli refleks hosil bo'layotgan davrda qo'zg'alish shu shartli refleksni hosil qiluvchi analizator markaziga hamda qo'shni analizator markazlariga tarqaladi. Shartli refleksning hosil bo'lishi va mustahkamlanishi bilan shartli ta'sirlovchiga taalluqli markazlarga qo'zg'alish yoyiladi, qo'shni nerv markazlariga tarqalmaydi. Masalan, bolada birorta tovushga shartli refleks paydo bo'lsa, shu tovushga yaqin tovushlar ham shartli ta'sirlovchi kabi ta'sir etib, shartli refleks hosil qiladi. Shartli refleks qancha mustahkam bo'lsa, qo'zg'alish shuncha kam tarqaladi.
Go'daklarda qo'zg'alish bog'cha yoshidagi bolalardagiga nisbatan ancha keng tarqalgan. Bog'cha yoshidagi bolalarda qo'zg'alish markazlari tez almashinib turadi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalarning harakati va diqqati beqaror bo'ladi, uzoq davom etmaydi. Bolaning yoshi orta borar ekan, dominanta markazlarida vujudga kelgan qo'zg'alish barqaror bo'lib, uzoq vaqt qo'zg'alib turadi hamda ta'sirlar yig'indisi ortib boradi. Yangi tug'ilgan bolada ovqatga dominanta paydo bo'ladi. Asta-sekin ayrim ta'sirga dominanta markazlari vujudga kela boshlaydi. Dominanta markazlari turg'un bo'lmaydi va dominanta uzoq davom etmaydi.Vaqtinchalik to'planib, ustunlik qilishi dominanta deyiladi.

Nerv tizimi turli bo`limlarining tuzilishi va rivojlanishi.

Orqa miya. Orqa miya umurtqa pog`onasi kanalida birinchi bo`yin umurtqasi bilan ikkinchi bel umurtqasi oralig`ida joylashgan bo`lib, uning vazni yangi tug`ilgan bolada 3,2 g, 6-oylikda 6 g, 1 yoshda 10 g, 2-5 yoshda 12 g. 8-yoshda 19 g, kattalarda 30-40 g bo`ladi. Uzunligi bola tug`ilganida 13-15 sm, 2 yoshda 20 sm, 10 yoshda 28 sm, erkaklarda 45 sm, ayollarda 41-42 sm bo`ladi. Orqa miyada 13 miliondan ko`proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi. Orqa miyaning ko`ndalang kesigida kulrang modda kapalak shaklida joylashadi, atrofida oq modda bo`ladi. Kulrang moddaning oldingi, yon va orqa shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan, bu yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo`ladi, ularga sezuvchi, ya'ni markazga intiluvchi nervlar kiradi. Yon shohlari esa vegetativ reflekslarni boshqaruvchi tolalarni chiqaradiOrqa miya rivojlanishining bosh miya rivojlanishidan farqi shuki, uning o`sishi harakat faoliyatining murakkabligi bilan paralel boradi. 2 yoshli bolalar orqa miyasi morfologik tuzilishi jihatdan katta odamlarnikiga juda yaqin bo`ladi. Yoshning oshib borishi orqa miya oldingi shoxlaridagi harakat hujayralarining soni oshadi. Balog`atga yetish davriga kelib orqa miya 4-5 marta kattalashadi. Orqa miya reflektor va o`tkazuvchi vazifasini bajaradi. Orqa miya skelet muskullarining harakat refleksini amalga oshiradi. Orqa miyaning harakat reflekslariga: tirsak, tizza, panja reflekslari misol bo`ladi. Orqa miyaning o`tkazuvchanlik vazifasi undagi ko`tariluvchi va tushuvchi o`tkazuvchi yo`llar orqali amalga oshadi.
Orqa miyaning turli qismlaridan 31 juft orqa miya nervlari chiqadi. 8 jufti bo`yin qismidan, 12 jufti ko`krak qismdan, 5 jufti bel qismdan, 5 jufti dumg`aza qismdan, 1-3 jufti dum qismdan chiqadi. Ular gavda, qo`l, oyoq. muskullari va terini nerv bilan taminlaydi. Orqa miya uch qavat parda bilan qoplangan.
Orqa miyadagi ba'zi reflektor funksiyalar homilaning ona qornida rivojlanayotganida yuzaga keladi. Homila 2 - 3 oylik bo`lganida harakatlana boshlaydi. Yangi tugilgan bola oyoq panjasining tagi ta'sirlansa 2 - 3 minutdan so`ng oyoq, panjasida bukish refleksi hosil bo`ladi. Bu refleks bola tugilgandan so`ng 6 oy o`tgach yo`qolib ketadi.
Bola 10 -12 oyligida yura boshlaydi. Orqa miyadagi harakat markazlari ishi ortadi, nervlar mienlashishi 3 yoshgacha davom etadi.



Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin