Davrning nomi
|
Xronologiya
|
Ho‘jalik faoliyatining turlari
|
Davrning o‘ziga xosligi
|
Paleolit
|
(“palayos”-qadimigi, “litos”-tosh) davri; bundan taxminan 800 ming yil ilgari boshlanib,15-12ming yil ilgari tugaydi.
|
Bu davr odamlari toshlardan qo`pol qurollar yasab,termachilik va jamoa bo`lib ov qilish bilan shug`ullanishgan.
|
Paleolitning uch davri xam o’zining rivojlanish darajasiga qarab, mexnat qurollaridagi o’zgarishlar asosida turli davrlarga bo’linadi. Ilgari ilk paleolit davri shellgacha, shell`, ashel` davrlariga bo’lingan edi. Lekin keyingi davrlarda qilingan tadqiqotlar natijasida, uni olduvay va ashel` davrlariga bo’lish muvofiq deb topildi.
|
Ilk paleolit
|
Ashel davri, 800-100 ming yilni o`z ichiga oladi
|
Ilk paleolit davrida odamlar to’da-to’da bo’lib, asosan g’orlarda yashaganlar, abiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o’simlik ildizlarini kovlab yeb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ovlab, ushlab eganlar, shuningdek,mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar.Shunday qilib, qadimgi odamlarning mashg’ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollari yasash va ularni,mukammallashtirishdan iborat bo’lgan.
|
Ilk paleolit davri odamlari jismoniy jihatdan ham, aqliy jihatdan ham hozirgi odamlardan farq qilishgan. Ular tabiat oldida ojiz boʻlib, unda tayyor boʻlgan mahsulotlarni oʻzlashtirganlar. Ular na diniy tushunchani, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar.
|
O`rta paleolit
|
Mustye davri, miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklar;
|
Odamlarning mehnat qurollari yasash uchun qulay, qattiqroq va tez parchalanadigan chaqmoq toshlarni Navoiy viloyatidagi Ijont va Uchtutda, Farg’onadan 40 km uzoqroqdagi Qapchig’oydagi tosh konlaridan topganligi, toshga ishlov berish ustaxonalaridan foydalanganligi aniqlangan. Chaqmoq toshdan o’tkir qirrali pichoqlar, qo’l chopqichi, qiradigan kurakcha, teshadigan bigiz va boshqa qurollar yasalgan. .
|
Oʻrta paleolit davriga kelib ibtidoiy jamiyat odamlarining mehnat qurollari takomillashib, turmushida yangi unsurlar paydo boʻla boshlaydi. Eng muhimi, ibtidoiy toʻdadan urugʻchilik jamoasiga oʻtish boshlanadi. Shimoldan ulkan muzlik siljib kelishi natijasida olov kashf etiladi. Odamlar oʻchoqlar atroflarida toʻlanib, ibtidoiy turar-joylarga asos soldilar. Jamoa boʻlib ov qilish paydo boʻldi.
|
So`nggi paleolit
|
miloddan avvalgi 40-12 ming yillik.Soʻnggi paleolit qadimgi tosh asrining soʻnggi bosqichidir
|
Bu davrga oid makonlar Ohangarondagi Koʻlbuloq, Toshkentning gʻarbidagi Boʻzsuv 1 hamda Samarqand shahridan topilgan. Ulardan topilgan topilmalar orasida qirgʻichlar, kesgichlar, sixchalar, pichoqlar, boltalar kabi qurollar bor.
|
Bu davrga kelib odamlar faqat togʻli hududlarga emas, tekisliklarga ham tarqala boshlaydilar. Bu davrning eng katta yutugʻi urugʻchilik tuzumiga (matriarxat) oʻtilishidir.
|
Mezolit
|
(“mezos”-oʻrta, “litos”-tosh) miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklar.
|
Mezolit davri qabilalari asosan ovchilik va termachilik xoʻjaligi yuritganlar. Bu davrning oxirlariga kelib, dastlabki uy chorvachiligi yoki hayvonlarni xonakilashtirish boshlanadi.
|
Mezolit davri yodgorliklari Surxondaryodagi Machoy gʻor makonidan, Markaziy Fargʻonaning koʻpgina yodgorliklaridan topib oʻrganilgan. Bu davrga kelib muzlik yana shimolga qaytadi. Hayvonot va oʻsimlik dunyosida katta oʻzgarishlar sodir boʻladi. Insoniyat oʻz tarixidagi dastlabki murakkab moslama-oʻq-yoyni kashf etadi.
|
Neolit
|
(“neos”-yangi tosh)-miloddan avvalgi 6-4 ming yilliklar
|
Bu davr odamlari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, koʻllar boʻylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib, baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik va chorvachilik hamda qisman hunarmandchilik bilan shugʻullanganlar. Eng katta yutuqlardan biri kulolchilikning paydo boʻlishidir. Shuningdek, bu davrga kelib toʻqimachilik va qayiqsozlik ham paydo boʻladi.
|
Arxeologlar neolit davrining boshlanishini sopol idishlar yasashni kashf etilishi bilan belgilaydi.Neolit davri turli joylarda turlicha kechgan, ya‘ni yer yuzida neolit davri har xil vaqtda paydo bo’lgan va tugagan.
|
Eneolit
|
(mis-tosh davri)-miloddan avvalgi 4 ming yillikning oxiri-3 ming yillikning boshi.
|
Eneolit-mis-tosh davrida odamlar dastlabki metall bilan tanishdilar. Bu davrga kelib mis qurollar ancha takomillashgan boʻlsada, undan ogʻir mehnat qurollari yasashning imkoni yoʻq edi. Misdan asosan uy-roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar va harbiy qurollar yasalgan.
|
Eneolit davri yodgorliklari Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq, Uchtut (mis koni) mavzelaridan, Panjikent atroflaridan (Sarazm madaniyati) topib tekshirilgan.
|
Bronza
|
Bronza davri-miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklar.
|
Markaziy Osiyoda bronza davri ibtidoiy jamoa ho’jaligi ikki zona bo’ylab rivojlangan. Marakaziy Osiyoning sersuv va azim daryolari bo’ylari va etaklarida o’troq dehqonchilik ho’jaligi shakllangan. Kamsuv, cho’l va dasht zonalarida esa ko’proq chorvachilik uchun tabiiy geografik qulayliklar mavjud bo’lgan. Shuning uchun ham bu erlarda chorvachilik rivojlangan.
Bu davrda sug’orma dehqonchilik bazasida qad ko’targan doimiy qishloqlarning ko’payishi, ularda yashayotgan aholi sonining tobora zichlashib borishi va yangi yerlarni intensiv o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan ko’plab madaniyat o’choqlari vujudga keldi. Natijada miloddan avvalgi II ming yillikda dehqonchilik va chorvachilik Markaziy Osiyoning madaniyatining asosiga aylanadi.
|
Bronza davriga mansub bo’lgan yodgorliklardan biri Sarazm arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. Sarazm II bosqichi ilk bronza davriga, Sarazm III-XII esa rivojlangan bronza davriga mansub. Sarazmning 2 bosqichida ko’p xonali uylar shakllandi, 2 ibodotxona, xovlilar oralig’ida tor ko’chalar, maydonlar qad ko’tardi. Uy devorlariga qizil rangda naqsh beriladi, uy ichida mehroblar joylashtiriladi.
|
Temir
|
Temir davri-miloddan avvalgi 1-ming yillikning boshlaridan.
|
Dehqonchilik – ilk temir davrida ishlab chiqarishning vujudga kelgan birinchi tarmog’i bo’lib, temir metalini ishlatilishi unda alohida o’rin o’tutgan. Daraxtlarni kesish, yangi erlarni ochish va boshqa ishlarda temir qurollarning o’rni katta edi. Er haydash qurollari-so’qa, omoch tishlarining temirdan yasalishi ham mehnat unumdorligini bir necha marta oshishiga xizmat qilgan.Ishlab chiqarishning ikkinchi tarmog’i hunarmandchilik bo’lib, ilk temir davrida u dehqonchilikdan ajralib, alohida ixtisoslikka aylanadi. Hunarmandchilik asosan temirchilik kasbidan boshlanadi.
|
Ilk temir davrida jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko’tarilishi va mehnatning o’zgartiruvchilik mohiyati – dehqonchilik va hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’ldi. Temir metalining ho’jalik hayotga kirib kelishi bilan odamlar yuz beradi. Temir qurollarning ishlatilishi va undan mehnat qurollari sifatida keng foydalanish ko’plab moddiy boyliklarni yaratilishiga olib keldi. Natijada ijtimoiy hayotda katta o’zgarishlar ro’y bera boshladi. Erkin jamoa ho’jaliklarida jamoa a’zolari orasida tabaqalanish jarayoni boshlanadi. Moddiy madaniyat yodgorliklarining o’rganishi mulkiy tengsizlik dastlab chorvador aholi orasida ko’zga tashlanganiligini ko’rsatadi.
|