Bahorda tayyorlanadigan salat
Masalliqlar: 1 dona pomidor, 1 dona bodring, 1 dona piyoz, 1 dona
bulg‘or qalampiri, ta’bga ko‘ra tuz, murch va ko‘katlar (ozgina o‘simlik
yog‘i qo‘shsa ham bo‘ladi).
Tayyorlanishi: barcha sabzavotlar yuviladi va chuqurroq likopcha-
ga to‘rtburchak yoki somoncha shaklida to‘g‘raladi, so‘ngra tuz va murch
qo‘shib, hammasi birgalikda yaxshilab aralashtiriladi. Boshqa likopchaga
solib, dumaloq shaklda kesilgan piyoz bo‘lakchalari bilan bezatiladi.
Qaymoq qo‘shilgan «Bahor» salati
Masalliqlar: 2 dona pomidor, 2 dona bodring, 1 bog‘ salat bargi, 1 bog‘
shivit, 3–4 qoshiq qaymoq.
Tayyorlanishi: hamma masalliqlarni yaxshilab yuvib, mayda to‘g‘rab olamiz. To‘g‘ralgan masalliqlar ustiga qaymoq, ta’bga ko‘ra tuz solib, yax shilabaralashtiramiz va likopchalarga salat bargini butunligicha qo‘yib, ustiga salatni tog‘ shaklida solib, dasturxonga tortamiz.
«Kamalak» salati
Masalliqlar: 2 ta qaynatilgan kartoshka, 1 ta pomidor, 1 ta bodring, tovuq go‘shti (mol yoki qo‘y go‘shti ham bo‘laveradi), 2 ta tuxum, 4 osh qoshiq makkajo‘xori, ta’bga ko‘ra tuz, murch, ko‘katlar va o‘simlik yog‘i.
Tayyorlanishi: barcha mahsulotlar to‘rtburchak yoki somoncha shaklida to‘g‘raladi va aralashtirib, likopchalarda dasturxonga tortiladi.
Amaliy mashg‘ulot: Bahor salati tayyoriash
Kerakli masalliqlar: 2-3 dona pomidor, 2-3 daona bodring, I-dona piyoz, ko‘katlar, tuz ziravorlar, 200 gr qaynatilgan go‘sht, 2-3 dona qaynatilgan tuhum.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
Bahor salatini tayyorlash uchun qanday masalliqlar ishlatiladi?
Bahor salatini tayyorlash ketma-ketligini sanab bering?
Dostları ilə paylaş: |