Tozalash vositalari. Shoyi va sintetik kiyim-kechaklar tegishli yuvuvchi moddalar eritmasida ivitiladi. Ivitilgandan so‘ng, yuvish oldidan yaxshi-lab siqish kerak. Aksariyat kir yuvish mashinalari bir yo‘la 1 kg dan 4 kg gacha kirni yuvishga mo‘ljallangan. Yuvuvchi moddalar - gazlamalarni yuvish uchun mo‘ljallangan moddalar; sovundan tashqari sintetik, yog‘li kiyimni yuvuvchi va suv yumshatkichlariga bo‘linadi. Tabiiy yog‘larning hosilasi bo‘lgan kir sovun yog‘li narsalarni yuvuvchi moddalarning asosiy komponenti hisoblanadi. Sovun issiq (80° va undan yuqori bo‘lgan haroratda) va yumshatilgan suvda kiryuvganda samarali natija beradi. Jun, tabiiy va sun’iy ipak gazlamadan tikilgan kiyimlarni sovun bilan yuvib bo‘lmaydi. Sintetik yuvuvchi moddalar yuvishni tezlashtiradi va osonlashtiradi, ularni har qanday qattiqlikdagi suvda kiryuvish-da ishlatish mumkin.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar:
Kiyimlarni tozalash vositalariga nimalar kiradi?
Tabiiy tolalali matolar qanday tozalanadi?
Sintetik tolali matolar qanday tozalanadi?
V. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash, o‘quvchilarda shakllanishi mumkin bo‘lgan kompetensiyalarni tushuntirish, o‘quvchilarda shakllangan kompitentlikni to‘g‘ri yo‘naltirish.
VI.Uyga vazifani e’lon qilish: Yangi mavzuni to‘liq takrorlash. Yangi mavzu asosida amaliy ishni yakunlash.