Qaychidan foydalanish qoyidalari. 1.Qaychidanfoydalanishdasinfdaustozingiz, uydaesaota-onangizko`magigatayaning.
2.Qaychi belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
3.Qaychini uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
4.Qaychini ochiq holda qoldirmang.
5.Qaychini yurib turganizda ishlatmang.
6.Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o`rtog`ingizga uzating.
7.Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo`nalishi hamda materialni ushlab turgan chap qo`l barmoqlarni kuzatib turing.
8.Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o`qituvchingizga topshiring.
Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________ Sana: 41-Mavzu:Gazlama qoldiqlaridan qizlar uchun sumkacha tayyorlash. I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari:Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:Gazlama qoldiqlaridan qizlar uchun sumkacha tayyorlash. Inson qo`li shunchalik gulki, uning qo`lidan kelmaydigan ishning san`at asarining o`zi yo`q bordan bor qilish bilangina chegaralanib qolmasdan yo`qdan ham bor qilish mo`jizali buyumlar narsalar yaratishimiz mumkin . Buning uchun bizga ozgina qunt va estetik didimizni shakllantirishimiz hamda fantaziyamizni ishga solishimiz lozim. Keraksiz bo`lib qolgan buyumlardan o`zimiz uchun kerakli bo`lgan buyumlarni o`z qo`limiz bilan yaratishimiz mumkin. Shunday ekan har bir narsaga e`tiborli va diqqatli bo`ling keraksiz buyumlarni tashlab yuborishdan oldin diqqat bilan o`ylab ko`ring undan balkim bir san`at asari chiqishi mumkin bu esa faqatgina sizning fantaziyangizga bog`liq.
Ishning bajarish ketma ketligi. Kerakli asboblar ish qutisi, mato qoldiqlari, karton,eskiz andaza.
Ish o`rnini o`zimizga qulay holatda tayyorlab olamiz. O`lchamini hamma har xil olishi mumkin.
Biz A 4 format o`lchamida olamiz.
Matoni ikkiga buklab ustidan tayyor andazani qo`yib bichib olamiz.
Bichilgan matoning ikkala yon tomonini tikib olamiz va dazmollaymiz. O`ng tomonga o`giramiz.
Qop shakli hosil bo`ladi ochiq joyidan kartonni solib ochiq joyini tikib qo`yamiz,ustki qismidan dazmollaymiz.
Sumkachaning ikki yon tomonini ham xuddi shu ketma- ketlikda tikib olamiz.
Yon tomonini sumkaga ulab tikamiz.
Sumka uchun bog`ich tayyorlab olamiz hamda sumkaning yuqori qismiga tikamiz.
Mana sumkamiz ham tayyor. Bu sumkani tadbirlarga, bayramlarda yoki kundalik ko`chaga chiqishda buyumlarimizni solishda ishlatishimiz mumkin. Barcha ketma- ketliklar rasmda ko`rsatib o`tilgan.