Ning to’garak ish rejasi 2023-2024-O’quv yili


Qaychidan foydalanish qoyidalari



Yüklə 26,75 Mb.
səhifə43/74
tarix21.12.2023
ölçüsü26,75 Mb.
#187942
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

Qaychidan foydalanish qoyidalari.
1.Qaychidanfoydalanishdasinfdaustozingiz, uydaesaota-onangizko`magigatayaning.
2.Qaychi belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
3.Qaychini uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
4.Qaychini ochiq holda qoldirmang.
5.Qaychini yurib turganizda ishlatmang.
6.Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o`rtog`ingizga uzating.
7.Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo`nalishi hamda materialni ushlab turgan chap qo`l barmoqlarni kuzatib turing.
8.Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o`qituvchingizga topshiring.
Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________
Sana:
41-Mavzu:Gazlama qoldiqlaridan qizlar uchun sumkacha tayyorlash.
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:Gazlama qoldiqlaridan qizlar uchun sumkacha tayyorlash.
Inson qo`li shunchalik gulki, uning qo`lidan kelmaydigan ishning san`at asarining o`zi yo`q bordan bor qilish bilangina chegaralanib qolmasdan yo`qdan ham bor qilish mo`jizali buyumlar narsalar yaratishimiz mumkin . Buning uchun bizga ozgina qunt va estetik didimizni shakllantirishimiz hamda fantaziyamizni ishga solishimiz lozim. Keraksiz bo`lib qolgan buyumlardan o`zimiz uchun kerakli bo`lgan buyumlarni o`z qo`limiz bilan yaratishimiz mumkin. Shunday ekan har bir narsaga e`tiborli va diqqatli bo`ling keraksiz buyumlarni tashlab yuborishdan oldin diqqat bilan o`ylab ko`ring undan balkim bir san`at asari chiqishi mumkin bu esa faqatgina sizning fantaziyangizga bog`liq.
Ishning bajarish ketma ketligi.
Kerakli asboblar ish qutisi, mato qoldiqlari, karton,eskiz andaza.

  1. Ish o`rnini o`zimizga qulay holatda tayyorlab olamiz. O`lchamini hamma har xil olishi mumkin.

Biz A 4 format o`lchamida olamiz.

  1. Matoni ikkiga buklab ustidan tayyor andazani qo`yib bichib olamiz.

  2. Bichilgan matoning ikkala yon tomonini tikib olamiz va dazmollaymiz. O`ng tomonga o`giramiz.

  3. Qop shakli hosil bo`ladi ochiq joyidan kartonni solib ochiq joyini tikib qo`yamiz,ustki qismidan dazmollaymiz.

  4. Sumkachaning ikki yon tomonini ham xuddi shu ketma- ketlikda tikib olamiz.

  5. Yon tomonini sumkaga ulab tikamiz.

  6. Sumka uchun bog`ich tayyorlab olamiz hamda sumkaning yuqori qismiga tikamiz.

Mana sumkamiz ham tayyor. Bu sumkani tadbirlarga, bayramlarda yoki kundalik ko`chaga chiqishda buyumlarimizni solishda ishlatishimiz mumkin. Barcha ketma- ketliklar rasmda ko`rsatib o`tilgan.




Yüklə 26,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin