44- Mavzu: Nozmunchoqdan daraxtlar va majnuntollar yasash.
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini o’rgatish;
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, rasmlar, igna ip,munchoqlar gazlamalar;
III.Mashg’ulotning borishi: Nozmunchoqlar hozirda eng ko’p ishlatiladigan bezak hom-ashyo bo’lib ularni turli kiyimlarda va buyumlarda uchratish mumkin. Ular turli shakillarda, o’lchamlarda va ranglarda bo’ladi. Nozmunchoqlar nozik ham den yuritiladi, ularning ko’zmunchoq, munchoq degan alohida turi ham mavjud. Kiyim tikishda bezak materiallari sifatida nozmunchoqlardan tashqari hilma-hil jiyak, lenta, sutaj, tor, burma, buf, vafli kabilar ham keng ishlatilinadi. Quyidagi nozmunchoqlardan foydalanishga oid ayrim tavsiyalarni keltiramiz. Nozmunchoq dan gullar yasaganda sabr toqatni talab qiladi. Qo’lning barmoq uchlari ishlaganda boshning aqliy faoliyati charhlanadi.
Amaliy ish:Olcha daraxtini yasash. Asbob va moslamalar: Sim, nozmunchoq, geometrik shakldagi barglar, gul tuvagi qatirish uchun moslama.
Ishni bajarish tartibi: Olcha darahtini yasash uchun rasmda berilgan olcha darahtini yasash uchun kerakli hom –shyo. Sim, qizil rangli nozmunchoq, aflikatsiya, barg kerak bo’ladi
O’qituvchi: Navbatchi axborotigan keyin o’quvchilarga bugungi darsning maqsadi, borishi bilan tanishtirib,so’ngra o’quv topshiriqlarini qanday bajarishlarini tushintiradi. Shundan so’ng o’quvchilar 2 guruhga bo’linadi va nomlanadi.
1-guruh “Binsafsha” 2-guruh “Moychechak” Har bir guruhdagi o’quvchilar o’zlari uchun hamda guruh uchun ball to’playdilar. Guruhlar o’rtasida ma’naviyatga oid va kuning muhim yangiliklari bo’yicha savol-javob o’tkaziladi.
So’ngra guruhalarga o’tilgan mavzularni o’z ichiga olgan tarqatmali tezkor savollar beriladi.
Savollardan namunalar: I-guruh uchun:
1.Nozmunchoq so’zi qanday ma’noni anglatadi?
2.Nozmunchoqlardan taqinchoqlar yasash qachon va qayerda paydo bo’lgan?
3.Qarmoq ipi (leska) qachon ishlatiladi?
4.Nozmunchoqlardan buyumlar tayyorlashda qanday asboblar ishlatiladi?
II-guruh uchun: 1.Nozmunchoqlarni qanday turlari mavjud ?
2.Nozmunchoqlar nimalardan tayyorlanadi?
3.Nozmunchodan anday maqsadlarda foydalaniladi?
4.Steklyarus qanday tuzilishga ega?