Ning to’garak ish rejasi 2023-2024-O’quv yili


Ko’rildi:_________MMIBDO’



Yüklə 26,75 Mb.
səhifə49/74
tarix21.12.2023
ölçüsü26,75 Mb.
#187942
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

Ko’rildi:_________MMIBDO’:___________

Sana:_________________
47-Mavzu: Fialka gulini yasash.
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:Fialka gulini yasash.
Kerakli mahsulotlar: Noz munchoq 3 xil rangli siyoh rang,olov rang, yashil rang.

  • Maxsus ingichka sim. Yashil rang ip. Katta munchoq har bir gul shodasi uchun.

Maxsus simni 20 sm uzunlikda kesib tayyorlab olinadi. Sigma 8 dona siyoh rang nozmunchoq terib chiqiladi va aylana shakl berib buraladi.
Simning bukilgan qismidan boshlab yana siyoh rang nozmunchoq terib chiqiladi birinchi aylana nozmunchoqni aylantirib boshlangan joyga kelib burab qo`yiladi. Manashu jarayon 3 ta aylana hosil bo1lgunicha takrorlanadi. Bajarilish jarayoni rasmda ko`rsatilgan.Xuddi manasu gul bargidan 5 dona tayyorlanadi

manasu gul bargidan kattaroq shaklda 35 dona tayyorlab olinadi
simga yana 8 dona nozmunchoq terib olinadi, aylana shakl hosil qilinib burab qo`yiladi.

Tugilgan qismdan boshlab yana nozmunchoq terib chiqiladi aylana shaklni aylantirib ikkinchi qator ham boshlanish qismiga kelib burab olinadi. Bajarilish jarayon ketma ketligi rasmda ko`rsatilgan.

Manasu bajarilgan gul bargidan 3dona tayyorlanadi
Ikki qatorli gul barglaridan kattaroq shaklda 21 dona tayyorlab olinadi . Tayyorlash jarayoni yuqorida ko`rsatib o`tilgan gul barglaridek, faqat unga nisbatan kattaroq ko`rinishda bajariladi.
Sim rasmda ko`rsatilgan holda burab olinadi.

10 dona yashil nozmunchoq terib olinadi.Simning ikkinchi tomonidan ko`proq nozmunchoq terib olinadi.
10 donalik nozmunchoqga biriktiriladi.Burab biriktirilgan joydan boshlab yana aylana shaklda qolgan qismi biriktiriladi
. o`rta markazdagi simning ikki yon tomonidan 5 marta aylana hosil qilinadi. Yani nozmunchoq qatorlar soni 11 qator bo`ladi.

Barglardan jami 7 dona tayyorlanadi. Sariq rangli nozmunchoqdan 3 dona terib birlashtiriladi So`ng katta 1 dona munchoq teriladi.

Xuddi shunday 7 dona tayyorlanadi.Munchoq tugagan joydan boshlab yashil ip bilan o`raldi


So`ngsiyoh rangli tayyor kichkina gul barglaridan boshlab o`rta siga 3 dona ip yordamida biriktiriladi.

Kiyin 5 dona katta gul barglari ip yordamida biriktiriladi.
barcha bajarilish jarayoni ketma ketliklari rasmda batafsil ko`rsatilgan.

Gulning yashil barglarini ketma ketlikda birlashtirib chiqamiz.Fialka gulini tayyorlab oldik

albaster suv bilan aralashtirilib gul tuvak ichiga solinadi tayyorlab olingan gulllar shodasini gul tuvak markaziga solib alibastr qotgunicha ushlab turamiz.Gul tuvak ichini yani alabaster ustini munchoqlar bilan yasatishimioz mumkin.Mana dekarativ gulimiz ham tayyor.Bayramlarda quvonchli kunlarimizda yaqinlarimizga sovg`a sifatida taqdim etishimiz mumkin.

Keraksiz mato bo`laklaridan dekoratuv bezak qovoqcha tayyorlash. Bu mahsulotni tikuv mashinasiz ham tayyorlasak bo`ladi.Tayyorlagan mahsulotni bolalar uchun o`yinchoq yoki biror buyumni , joyni yasatishda ishlatishimiz mumkin. Bu jarayonni bajarish uchun 30-35 daqiqa ketishi mumkin. Boshlang`ich sinf o`quvchilari dars jarayonida bajarishi mumkin.

Yüklə 26,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin