VI. Darsni yakunlash. Baholash. Uyga vazifa berish. Ish o'rnini yig'ishtirish.
O’IBDO’____________________
Sana________
60-Mavzu: Vitaminlarga boy sabzavotlardan to‘yimli salatlar tayyorlash texnologiyasi. (karam,sabzi,lavlagi,baqlajon)
I.To’garakning maqsadi: O’quvchilarni xalq hunarmandchiligiga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish.
II.To’garakning jihozlari: Kerakli asbob va moslamalar, igna,qaychi,rangli iplar, matolar,chambarak ,ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar.
III.Mashg’ulotning borishi:Amaliy mashg‘ulot: Baqlajonli salat tayyorlash.
Kerakli masalliqlar: 1 kg baqlajon, 3-4 dona qizil bulg‘or qalampir, 3-4 dona sarimsoq piyoz, 200 gr kungaboqar yog‘i, ko‘katlar, ziravorlar, 1-2 qoshiq sirka, tuz, 1 bosh piyoz, 1-2 dona qizil sabzi. Kerakli texnik vositalar: tovoncha, sirli yoki yelim idish, pichoq, taxtakach, qoshiq, likopcha, qirg‘ich.
Ishni bajarish tartibi:
Barcha masalliqlar samoncha shaklida to‘g‘rab olinadi. To‘g‘raglan baqlajonga tuz sepib 5-10 daqiqa tindiriladi. Keyin yog‘da qovurib olinadi. Qolgan masalliqlarga tuz va ziravorlar qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. Qovurilgan baqlajon ustiga solib yana aralashtiriladi. Ustidan sirka solinai va u ham aralashtiriladi. Tayyor massa 10-15 daqiqadan keyin bezatilib dasturxonga tortiladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzu amaliy mashg‘ulot davomida mustahkamlanadi.
V. Darsni yakunlash:
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash, o‘quvchilarda shakllanishi mumkin bo‘lgan kompetensiyalarni tushuntirish, o‘quvchilarda shakllangan kompitentlikni to‘g‘ri yo‘naltirish.
Dostları ilə paylaş: |