Ning to’garak ish rejasi 2023-2024-O’quv yili


III.Mashg’ulotning borishi



Yüklə 26,75 Mb.
səhifə72/74
tarix21.12.2023
ölçüsü26,75 Mb.
#187942
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
TEXNOLOGIYA 5-9 SINF QIZLAR TO\'GARAK (3)

III.Mashg’ulotning borishi:Dazmollash usullari:
Quruq dazmollash. Bu usulda kiyimlar o‘ng yoki teskari tomonidan dazmol qilinadi.
Namlab dazmollash. Kiyimga suv sepib chiqiladi yoki ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yib, so‘ngra qizdirilgan dazmol bilan dazmollanadi.
Bug‘ yordamida dazmollash. Bu holda dazmolning bug‘ chiqarish vazifasidan foydalaniladi. Kirishib ketadigan matolarni dazmollashda zinhor bu usuldan foydalanish mumkin emas.Agar biror bir mato uchun aynan qaysi usul mos kelishida ikkilanayotgan bo‘lsangiz, uning teskari tomonidan kichikroq qismini dazmollab ko‘ring.
Turli matolarni dazmollash yo‘llari. Turli-tuman matolar dazmollashning turli usullari, namlash darajasi va turli haroratda ishlov berishni talab etganligi uchun, dazmollashdan avval albatta uning yorlig‘ini o‘qib chiqing. Sintetik matolarni faqat iliq dazmol bilan, uning alohida qismlari uchun nam dokani qo‘llagan holda dazmollash mumkin. Bunday matolarni astar qismidan dazmollagan ma’qul. Ipak matolarni dazmollashdan awal yarim soatcha nam matoga o‘rab qo‘yib namlantirish tavsiya etiladi. Ipakdan ishlangan matoga suv sepish umuman mumkin emas: aks holda suv tomchilari dog hosil qilishi mumkin. Qora ipak matolarni yupqa mato yordamida ters tomonidan, och ranglisini esa o‘ng tomonidan dazmollanadi. Astarbop gazlamalar (satin, sarja, ipak) yaltiroqligini yo‘qotmasligi va suv sepishdan hosil bo‘ladigan dog‘ qoldirmaslik uchun teskari tomonidan, namlamasdan dazmol qilish lozim.Jun matolar tez yotib qoladi, shuning uchun ular nam mato yordamida teskari tomonidan 150—165 daraja haroratda ehtiyotkorlik bilan dazmol qilinadi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzu amaliy mashg‘ulot davomida mustahkamlanadi.
V. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholash.
VI.Uyga vazifani e’lon qilish: Yangi mavzuni to‘liq takrorlash. Yangi mavzu asosida amaliy ishni yakunlash.
MMIBDO‘_________________________________(F.I.SH) __________ (imzo)

Yüklə 26,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin