66- Mavzu: Bayram kechalari uchun dasturxon bezash. To’garakning maqsadi: O’quvchilarga dasturxon bezashni o’rgatish; To’garakning jihozlari: Ko’rgazmali rasmlar ,bukletlar; Mashg’ulotning borishi: Dasturxonni tuzatish va mehmon kutish ham katta san’atdir. Buning uchun ma’lum qoidalarga rioya qilinishi bilan birga kishi uquvli va didli bo’lishi kerak. Kundalik hayotda, to’y va boshqa yig’inlarda tayyorlangan taomlarni mehmonlarga chiroyli qilib barchaga barobar taqsimlanishi nazarda tutiladi. Yaxshi bezatilgan dasturxon ziyofat ko’ngildagidek o’tishiga yordam beradi. Dasturxon didli va chiroyli chiqishi uchun tayyorlangan taomlarning xilma-xilligiga, miqdoriga, oshxona servisiga va ularni joylashtirishga bog’liq. Kundalik dasturxon bezatish Stolga dasturxon yoziladi. Tarelkalarni bir xil masofada qo’yilib, boshqa servis buyumlarini ham bayram dasturxonidagidek joylashtiriladi. Non, tuz va murch qo’yiladi.Har bir mehmon uchun taomlar soniga qarab likop va likopchalar qo’yiladi, ularning chap tomoniga vilka, o’ng tomoniga esa qoshiq va pichoq qo’yiladi. Pichoqning tig’ini likopga qaratib, qoshiq va vilkani esa bukilgan tomonini pastga qaratib qo’yiladi. Salfetkalar likopning o’ng tomoniga qoshiq va pichoqning yoniga qo’yiladi.