Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati O’qituvchining nutq madaniyati va unga qo’yiladigan asosiy talablar. Nutqiy faoliyatni oqilona tashkil etish yo’llari. Nutqiy faoliyat ko’nikma va malakalari: tovush, diapazon, tembr, diktsiya, ritmika.
Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya Pedagogik ijodkorlikning namoyon bo’lishi: intuitsiya, zehn va xayolot. O’qituvchining akmeologik madaniyati. O’qituvchining o’z-o’zini boshqarishi va o’z-o’zini rivojlantirishida pedagogik refleksiyaning o’rni.
O’qituvchining innovatsion faoliyati: namoyon bo’lishi va tuzilmasi “Innovatson faoliyat” tushunchasi va uning mohiyati. Innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati va omillari. Innovatsion salohiyatni rivojlantirish mazmuni, tuzilishi va o’ziga xosliklari.
Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi Pedagogik nizolarning asosiy sabablari. Pedagogning pertseptiv (o’quvchi, talabalarni tushunish) xatolari. Pedagogning o’quvchi-talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yuzasidan bo’ladigan kelishmovchiliklarni va ularni bartaraf etishning o’ziga xos xususiyatlari. Yosh pedagoglar faoliyatida odatda yo’l qo’yiladigan xatolar va ularni engish yo’llari.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarda talabalarda pedagogik texnologiyaga doir bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinadi.
Amaliy mashg’ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Ta’lim jarayonida ta’lim oluvchi shaxsi: tuzilishi va sohalari.
2. Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari.
O’quv jarayonini loyihalash va rejalashtirish.
An’anaviy, rivojlantiruvchi va innovatsion ta’lim.
Bilimlarni to’liq o’zlashtirishga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyasi.
Ta’limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi.
Muammoli ta’lim texnologiyasi.
O’yin texnologiyasi.
Interfaol ta’lim metodlari.
Pedagogik mahorat va uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni.
Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratning asosi sifatida.
Pedagogik takt va pedagogik odob.
O’qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati.
Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati.
Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya.
O’qituvchining innovatsion faoliyati: namoyon bo’lishi va tuzilmasi.
Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi.
Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanish jarayonida talabalar pedagogik texnologiyaga oid darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalangan holda, ma’ruza mashg’uloti jarayonida egallagan bilimlarini yanada boyitishadi hamda ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi. Amaliy mashg’ulotlar amaliy topshiriqlarni bajarish bilan uzviylikda amalga oshiriladi.