Fanning o’quv rеjasidagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatidan uzviyligi “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fani umummetodologik fani hisoblanib, 2-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot metodologiyasi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi fanlari bilan o’zaro aloqada olib boriladi.
Fanning ta’limdagi o’rni
Ta’lim-tarbiya jarayonnini texnologiyalashtirish va mohirona tashkil etish – pedagogik jarayon samaradorligining muhim sharti. Ana shuning uchun ham bo’lajak pedagoglar pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning ilmiy asoslari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish san’atini mukammal egallashlari zarur. Bo’lajak pedagoglarning pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning nazariy va amaliy jihatlarini o’zlashtirishida mazkur fan alohida ahamiyatga ega.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fanini o’rganish davomida mashg’ulotlarda ta’limning axborot texnologiyalari, pedagogik vaziyatlarni modellashtirish (keys-stadi, o’quv loyihasi, o’quv portfoliosi), interfaol metodlar qo’llaniladi. Bundan tashqari, “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” faniga tegishli darsliklar, o’quv qo’llanmalar, tarqatma materiallar, ta’-limning ko’rgazmali va texnik vositalaridan foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy (lektsiya) mashg’ulotlari mazmuni Pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari. O’quv jarayonini loyihalash va rejalashtirish. Zamonaviy o’qitish texnologiyalari. Interfaol ta’lim metodlari. Pedagogik mahorat va uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni. Pedagogik qobiliyat – pedagogik mahoratning asosi sifatida. Pedagogik takt va pedagogik odob. O’qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati. Pedagogik ijodkorlik va pedagogik refleksiya. O’qituvchining innovatsion faoliyati: namoyon bo’lishi va tuzilmasi. Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi.