Низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə1/7
tarix13.10.2022
ölçüsü117,5 Kb.
#65087
  1   2   3   4   5   6   7
13884 1. Учебная программа


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro’yxatga olindi
№____________
2014-yil “__”____






Vazirlikning 2014-yil “____”______dagi “____”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan



PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA VA PEDAGOGIK MAHORAT

FAN DASTURI


Bilim sohasi: 100000 – gumanitar


Ta’lim sohasi: 110000 – pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: Barcha magistratura mutaxassisliklari uchun

Toshkent – 2014


Fan dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslibiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2014-yil “__”_______dagi “___”-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan kelishildi.



Tuzuvchilar:

Egamberdiyeva N. –

Nizomiy nomidagi TDPU professori, pedagogika fanlari doktori




Xodjaev B.X. –

Nizomiy nomidagi TDPU “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi




Dolimova N.M. –

O’zMU “Pedagogika” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi




Mirsolieva M. –

pedagogika fanlari nomzodi


Taqrizchilar:

Mardonov Sh.Q. –

Q.Niyoziy nomidagi O’zPFITI laboratoriya mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor






Qurbonov Sh.E. –

1-Toshkent davlat pedagogika kolleji
direktori, pedagogika fanlari doktori?
professor



Fan dasturi Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti Ilmiy-uslubiy kengashida tavsiya qilingan (2014-yil “____” ___________dagi “____” -sonli bayonnoma)


Kirish

“Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” fani bo’yicha tuzilgan mazkur dastur magistratura ta’lim yo’nalishlari o’quv rejasidagi “Umummetodologik fanlar bloki”ning eng muhim kursi bo’lib, pedagogik texnologiya, uning shakllanishi tarixi; pedagogik texnologiyaning ilmiy asoslari; ta’limning fanga yo’naltirilgan texnologiyalari; ta’limning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyalari; pedagogik jarayonni tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya; rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari; tarbiya texnologiyasi; pedagogik mahorat va uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o’rni; pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati; o’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat; o’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi; pedagogik takt va pedagogik odob; pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi; pedagogik texnika haqida tushuncha va pedagogik texnikani shakllantirish uslublari kabi masalalarni o’zida aks ettiradi.


Fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – magistrantlarni pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish.
Fanning vazifasi – bo’lajak o’qituvchilarini pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratning nazariy asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; innovatsion muhit sharoitida pedagogik jarayonni samarali tashkil etish uchun zarur ko’nikmalarni egallash; zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng doirada qo’llay olishga yo’naltirish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va texnologik madaniyatni shakllantirishdan iborat.



Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin