Malakaviy amaliyot vazirlik tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasiga asosan ma`lum bir vaqt bo`yicha tashkil etiladi. Amaliyotga chiqqan talabalar Malakaviy amaliyot dasturida belgilangan barcha tartib-qoidalarga qat`iy amal qiladi. Har bir amaliyotchi Malakaviy amaliyotni belgilangan muddatda o`tashi lozim.
Agar talaba Malakaviy amaliyot talabi va intizomiga roya etmay ikki kun sababsiz qatnashmasa amaliyotdan chetlashtiriladi. Talaba amaliyot yakunida o`z hisobotini kafedra tomonidan tayinlangan hay`at oldida himoya qiladi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ish haqida qaniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qaniqarsiz baho olgan talaba qayta amaliyotdan o`tadi. Maktabdagi amaliyotchi-talabalar ichidan guruh sardori belgilanadi va u guruh amaliyotchilarining davomatini ta`minlaydi, ularga bo`ladigan tadbirlarni, amaliyot davomidagi qo`shimcha ma`lumotlarni etkazib turadi. Amaliyotchi o`ziga noaniq bo`lgan barcha masalalar bo`yicha maktab rahbariyati va amaliyot rahbarlariga murojaat qilish huquqiga egadir. O`quv-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalarini erkin bayon etishlari mumkin. Shuningdek, o`quv dargohida o`tadigan majlis, anjuman va boshqa tadbirlarda qatnashishga, axborot resurs markazi va kabinetlardan unumli foydalana olish huquqlari ham beriladi.
Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga rejalar, tahlillar, o`quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o`tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o`qituvchilarni ko`rsatmalarini, hamda psixologiya va maktab gigienasi bo`yicha bajaradigan topshiriqlar bo`yicha zarur bo`lgan ma`lumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo`yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar.
Amaliyot o`tkazilgandan so`ng talabalar amaliyot davomida yuritgan hujjatlar hisoboti bilan birga tayyorlangan albom, videorolik va boshqa ko`rgazma qurollarini amaliyotning rahbariga topshiriladi.
Malakaviy amaliyotning natijasi maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda va fakultetning ilmiy-amaliy anjumanida yakunlanadi.
Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko`ra va zarur bo`lgan hujjatlar topshirilgandan keyin, talabaga ball va baho qo`yiladi, malakaviy amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya va uslubiyat bo`yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo`lsa baho qo`yilmaydi.