Malakaviy amaliyotga bo`yicha tushuntirish beradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishlarda qatnashadi;
Amaliyotchilarni sinfdan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishini tashkil etadi va uni tahlil qiladi;
Talabalarni o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishini ta`minlaydi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda maslaxatlar beradi, tarbiyaviy tadbirlar rejalari va reja-konspektlarini tekshiradi, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qatnashadi, ularni analiz qiladi va baholaydi;
talabalarga o`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishga yordam beradi;
guruh rahbari, maxsus kafedralarning uslubchilari, psixologiya o`qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi;
guruh rahbariga talabalar olib borayotgan tarbiyaviy ishlar bo`yicha ma`lumot beradi.
4.Psixologiyao`qituvchisi:
Malakaviy amaliyot bo`yicha o`tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanda hamda maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda ishtirok etadi.
Amaliyotchilarning darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlariga va ularni analizlariga qatnashadi:
Talabalarning o`quvchilar kollektivi va shaxsini o`rganishga, Malakaviy amaliyot dasturida ko`rsatilgan psixologiya bo`yicha topshiriq turlarini bajarishga rahbarlik qiladi.
Guruh rahbari, uslubchi o`qituvchi, pedagogika kafedrasi o`qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi.
Maktabda Malakaviy amaliyotni o`tishi uchun sharoit yaratib beradi, o`qituvchilar, xizmatchilar va maktab o`quvchilari bilan ish olib boradi.
Talabalarni maktab va uning tarixi bilan, o`quv-tarbiyaviy ishlarning qo`yilishi, o`qituvchi-xodimlar tarkibi, maktab hujjatlari, uning o`quv material bazasi bilan, pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar komiteti ishlari bilan tanishtiradi.
Guruh rahbari va uslubchi o`qituvchi bilan birgalikda talabalarni sinflar bo`yicha taqsimlaydi.
Amaliyotchilarni (ayrimlarini) darsdan va sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlari va ularni muhokamasida qatnashadi.
Malakaviy amaliyotning boshlanishi va tugashida yig`ilish o`tkazadi.