1.Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o`rgatish.
2.Talabalarni bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va tahlil qilishni o`rganish bilan qurollantirish.
3.Psixologiya, pedagogika, hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olgan bilimlariga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatish.
4.O`quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan foydalangan holda talabalarni dars mashg`ulotlarni o`tishga tayyorlash.
5.Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o`quvchilar jamoasi, bolalar oromgohida va Yoshlar ittifoqi bilan ishlashga, hamda o`quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o`rgatish.
6.Talabalarni o`z kasbiga bo`lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash, ta`lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o`rgatish, hamda pedagogik fanlarga bo`lgan intilishlarini shakllantirish.
7.O`quvchilar sog`ligini muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarini hosil qilish.
8.Shaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja-konspekt, hamda tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o`rgatish.
9.O`quvchilarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlash.
10.Maktab direktori, o`rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, fan o`qituvchisi, sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilish.
11.Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha ilmiy rahbari hamkorligida ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to`plash, tajriba ishlarini yo`lga qo`yish, tajribali o`qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish.
12.Informatika va axborot texnologiyalari, pedagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik kompetentligini takomillashtirish.
13.Fan xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa kerakli materiallar bilan boyitishga yordam berish va ularni o`rganish.