Malakaviy amaliyoti jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 1.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash to’g’risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori.
2.O‘zDSt 1.0-98. «O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar».
3.O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
4.Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir1 ko`rsatmalar o`rganiladi:
mutaxassislik fanlaridan darslarni olib borish uchun tayyorgarlik ko`rish (dars ishlanmalari tuzish, didaktik materiallar tayyrlash, dars loyihasini tuzish);
o`quv me’yoriy hujjatlar (namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja) bilan ishlash;
o`quv me’yoriy hujjatlar (namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, dars jadvali)ni ishlab chiqish;
darslarni tahlil qilish va tahlilini yozish;
kutubxonada adabiyotlar bilan ishlash;
sinov darslarini o`tish;
talabalarda tarbiyaviy ishga ongli, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish, tarbiyaviy ishni tashkil etish mahoratini tarkib to’tirish;
guruh murabbiyining kasbiy ahamiyatli sifatlarini o’zlashtirishni ta’minlash;
muayyan pedagogik vazifalarni amalga oshirish orqali pedagogik-psixologik bilimlarni amaliy faoliyat jarayonida mustahkamlash va boyitish;
tarbiyaviy ishni tashkil etishga doir ko’nikma va malakalarni rivojlantirish;
tarbiyaviy ishga ijodiy-izlanishli yondashish, tarbiyaviy ishni ilmiy tashkil etish malakasini hosil qilish;
umumiy o’rta ta’lim va boshlang`ich ta`lim yo`nalishi muassasalaridagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir ilg’or tajribalar bilan tanishis;
guruh murabbiysi, “O’zbekiston yoshlar ittifoqi”, ota-onalar Kengashining ish rejalari bilan tanishish;
o’quvchilarning individual va yosh hususiyatlarini o’rganish maqsadida amaliyotchi talabalarning o’quvchilar bilan muloqati va o’zaro hamkorligini tashkil qilish;
boshlang`ich ta`lim yo`nalishi bo`yicha iqtidorli va tarbiyasi og’ir bolalar bilan ish olib borish malakasini tarkib to’tirish.