Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


II. MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING MALAKA AMALIYOT JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI



Yüklə 439,5 Kb.
səhifə9/27
tarix23.06.2023
ölçüsü439,5 Kb.
#134500
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
пед амал дастури 2022 word v

II. MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING MALAKA AMALIYOT JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI
VA ISH MAZMUNI
Tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalar2
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.


  1. Yüklə 439,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin