S.Sattorov-Informatika va uni o’qitish kafedrasi o`qituvchisi S.Amonov-Informatika va uni o’qitish kafedrasi o`qituvchisi N.Xudoyberdiyev-Informatika va uni o’qitish kafedrasi o`qituvchisi M. Mamayusupov-Informatika va uni o’qitish kafedrasi o`qituvchisi Sh.Xolmurodov-Informatika va uni o’qitish kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi:
Ch.Normurodov TerDU, “Amaliy matematika” kafedrasi mudiri, fizika - matematika fanlari doktori
E. Ch.Xoliyarov TerDPI, “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi
mudiri, fizika-matematika fanlari nomzodi
Malakaviy amaliyot dasturi “Informatika va uni o’qitish metodikasi” kafedrasining 2022-yil “25”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan fakultet Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri___________ f.m.f.n. dots E.Ch. Xoliyarov
Malakaviy amaliyot dasturi “Matematika va informatika” fakulteti kengashining 2022-yil “26”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan institut Kengashiga tavsiya etilgan.
Fakultet dekani _______________ f-m.f.n. dots O’.B. Berdiyev
Malakaviy amaliyot dasturi Termiz davlat Pedagogika instituti kengashining 2022-yil “27”-avgustdagi “1”-son yig`ilish qarori bilan tasdiqlangan.
O`quv-uslubiy bo`lim boshlig`i ____________ I. Xasanov
KIRISH
O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonuni Oliy talim haqidagi konsepsiyasi yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalashni nazarda tutadi. Chunki, bugungi kunda zamonaviy yetuk mutaxassislar-nafaqat o`z sohalaridagi ilmiy bilimlarni mukammal egallashi, balki har tomonlama barkamol taraqqiy etgan inson bo`lib yetishishi davr talabidir. Bu esa mutaxassislarning ilmiy dunyo qarashi keng, hayotning turli mutaxassislarning ilmiy dunyoqarashi keng, hayotning turli qirralari haqida yetarli ma`lumotga ega bo`lishi orqali amalga oshiriladi. Inson kamoloti uning matematika, informatika haqidagi umumiy tasavvurlar, uning rivojlanish qonunlaridan nechog`lik xabardorligiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Shuning uchun yosh mutaxassislar hozirgi zamon matematika, informatika fanining asosiy g`oyalari, uslublari va natijalari haqida rivojlanish jarayonini bilishi zarur.
Ta`lim psixologiyasi xabar berishicha, bilimlar olinadigan, egallanadigan narsa – predmet emas, balki zaxmat, riyozat chekib o`zlashtirishni talab etadigan aqliy mehnat jarayonidir. Aqliy mehnatni tashkil etish, boshqarish va uning samaradorligini oshirishda, yoshlarda o`z faniga qiziqish uyg`otishda informatika o`qituvchisining roli juda katta. Shu bois, ta`lim-tarbiya tizimida ilm-fan taraqqiyotidan xabar berish yoshlar dunyoqarashining takomillashuvida ijobiy va samarali natijalar berishiga shak-shubha yo`q, desa bo`ladi. Chunki, mamlakat taraqqiyoti bevosita iqtidorli, istedodli yoshlar dunyoqarashi, ularning bilim darajasi, aql-idrokiga bog`liqdir. Bu borada bo`lg`usi mutaxassislarning Malakaviy amaliyoti keng imkoniyatlarga ega.
Malakaviy amaliyot maqsadi talabaning informatika fanidan, qolaversa pedagogika va psixologiya hamda gigiena fanidan egallagan bilimlarini amalda qo`llay bilish, bo`lg`usi mutaxassisni o`rta ta`lim muassasalarida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g’oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, o’z sohasi bo’yicha raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashdir.
Tobora hal etuvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasi o’qituvchi-pedagog zimmasiga yuklatilgan bo’lib, aynan o’qituvchi o’quvchilarda mustaqillik, kreativlik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o’z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, kognitivlik hamda umummadaniy ko’nikmalarini shakllantiradi.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o’zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo’shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o’rtasida o’zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Davlat ta’lim standartlari» talablaridan kelib chiqqan holda Malakaviy amaliyotning umumiy maqsad va vazifalari aniqlanadi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Malakaviy amaliyotdan maqsad-o’quvchilarda bilimlar va ko’nikmalarni shakllantirish, amaliy faoliyatda qo’llash, fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirishda foydalanishga o’rgatish; bilim, ko’nikmalari asosida amaliyot va tabiatga bog’liq jarayonlarni aniq tasavvur qilish, mantiqiy ketma-ketlikda modelini yaratish va amaliyotda qo’llashga o’rgatish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab avaylash, fan va texnika ijodkorlarini hurmat qilish, ekologik hamda umumbashariy madaniyatni tarbiyalashdan iborat.
4-kursda Malakaviy amaliyot 8-semestrida (fevral, mart, aprel oylari) rejalashtirilgan.
Jami: 504 soat tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |