Tarbiyaviy soatning maksadi: O`quvchilar ongida non qadri, unga bo`lgan xurmat ehtiromni shakllantirish, ularning non turlari, nonning kelib chikishi tarixi, dasturxondagi nonni shu darajaga etkazadigan zaxmatkash dexqonlar va boshqa kasb egalarining mehnati bilan tanishtirish.
Darsnijihozlash: karton qog`ozdan qirqib tayyorlangan turli xil non rasmlari, bobo dexqon mehnatini aks ettiruvchi plakat: bug`doy, arpa o`simliklari haqida hikoya qiluvchi albom.
Darsningborishi: “Non-bizningboyligimiz” mavzusida tashkil etilgan tarbiyaviy suxbat, atoqli shoirimiz Uyg`unning
O`g`lim nonni erga tashlama, Hurmati zo`r, qadri zo`r nonning! Zamirida tog`dek beqiyos, Mehnati bor bobo dexqonning.
Misralari bitilgan she`ridan parcha o`qish bilan boshlanadi. Ushbu misralar mazmuni yuzasidan o`quvchilarga bir nechta savollar berilib, ularning non haqidagi tushuncha va tasavvurlari tekshirib ko`riladi.
Bolalar biz nonni har kuni eymiz, uni kattalar ham, yosh gudaklar ham is`temol qilamiz. Non kishilar uchun doimiy oziq bo`lib, xech qachon ko`ngilga urmaydi. Aksincha - aksari ovqatlar nonsiz o`tmaydi.
Shundan so`ng o`quvchilarga non na`munalaridan: shirmoy, kunjutli patir va boshqa turlari ko`rsatiladi. Non yopganda unga tuz, suv, xamirturish bilan bir qatorda moy, jizza, sut, go`sht, tuhum, margarin, har xil ko`katlar, xid beruvchi ziravorlar, shakar va yana bir qancha ne`matlar qo`shilajagi aytiladi.
O`quvchilarga savollar beriladi.
Bolalar doskada nimalarni ko`rayapsiz?
Yana qanday non turlarini bilasiz?
Non nima uchun aziz?
“Nonsiz yashab bo`lmas, gapni oshab bo`lmas”, deydi dono xalqimiz.
Maktabimizda tejamkorlik komitetlari tuzib, nondan to`g`ri foydalanishni va isrof qilmaslikni nazorat qilishimiz kerak.