Kundalik asosida hisobot yoziladi. Hisobotda quyidagi tartibda ma`lumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq:
biriktirilgan uslubchi o`qituvchilar rahbarligida Malakaviy amaliyotga bag`ishlangan anjuman va unda olingan natijalar,
Malakaviy amaliyot o`tkazilgan maktab, tarixi va pedagogik-xodimlar, jamoat tashkilotlari va b. haqidagi ma`lumotlar,
amaliyotning birinchi haftasida olib borilgan ishlar,
shaxsiy ish reja, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy tadbir rejalarni tuzishni o`rganishi va ularni bajarishda yordamlari tekkan o`qituvchilar,
maktabning tajribali o`qituvchilari darslariga kirib qilingan dars tahlillari va alohida taasurot qoldirgan fan o`qituvchilari,
amaliyotchi-talabalar darslarining tahlili va ulardan olingan taasurotlar va ko`rsatilgan amaliy yordamlar,
dars tahlillaridan olingan natijalar va kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar,
o`tkazilgan namunali-sinov darslari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va o`qituvchilar,
o`tkazilgan namunali-sinov darslari bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va o`qituvchilarning muhokamadagi xulosalari,
o`tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar soni, o`tkazilgan suhbatlar, kechalar, sayoxatlar, madaniy yurishlar, olimlar, yozuvchilar va b. faollar bilan tashkil qilingan uchrashuvlar nomlari va o`tkazilgan joylari,
o`tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar bayonnomalari soni, nomi va tahlil qilgan amaliyotchi va sinf rahbarining muhokamadagi xulosalari,
o`tkazilgan namunali-sinov darslari va tarbiyaviy tadbirlarda tayyorlangan kurgazmali qurollar, videorolik, albom va b. namunalar ilova qilinadi,
amaliyotning o`tishi jarayonida uchragan kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi,
dekanat va kafedralar tomonidan ko`rsatilgan yordamlar,
maktab ma`muriyatining Malakaviy amaliyotga yordami,
amaliyot xaqidagi yakuniy xulosa;
Malakaviy amaliyotdagi kamchiliklarni tuzatish, takomillashtirish haqidagi taklif va mulohazalar bilan yakunlanadi.
Hisobot maktab direktor, o`rinbosari, fan o`qituvchisi va sinf rahbari kamida uch-to`rt kishi imzolab, maktab muhri bilan tasdiqlanadi va amaliyotchi talabaga jomoa tomonidan tavsifnoma beriladi.