Nizomiy nomidagi tdpu 70110501- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi magistranti Pirnazarova Komola Ilyos qizi tomonidan “Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish



Yüklə 16,76 Kb.
tarix05.06.2023
ölçüsü16,76 Kb.
#125415
Ichki taqriz Pirnazarova


Nizomiy nomidagi TDPU 70110501- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligi magistranti Pirnazarova Komola Ilyos qizi tomonidan “Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish (tarbiya fani misolida)” mavzusida magistr darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyaga
TAQRIZ
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning hozirgi bosqichi ta’lim tizimi oldiga shaxsga mo‘ljallangan, taraqqiy etgan ta’limni amalga oshirishni, ta’lim-tarbiya jarayonining ijtimoiy muhim ko‘rinishlarida o‘z ifodasini topadigan faol, mas’uliyatli, tashabbuskor, mustaqil, ijodiy shaxsni shakllantirishda tabaqalashtirish hamda raqobatbardoshlik xususiyatlarini rivojlantirishni e’tirof etmoqda. Bu o‘z navbatida ta’lim oluvchilarning ijtimoiy tajriba orttirishi uchun ulardagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish, shaxslararo munosabatlarda kirishimlilik, madaniyatlilik, kengfe’llik, xushmuomalalikni maromiga yetkazish prinsiplariga amal qilish, mazkur sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalarni ishlab chiqishga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mamlakatimiz yoshlarini XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan har tamonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetkazish uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgandir. Davlat hamda jamiyat oldida turgan va hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar negizida yoshlarda umuminsoniy qadriyatlar bilan birga shaxslararo munosabatlarda hurmat, empatiyaga moyillik, sabr, oqibat tuyg‘ularini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, bugungi kunda butun dunyo aholisining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun keskin destruktiv g‘oyalarga asoslangan kurash borayotganini hisobga olsak, yoshlar tarbiyasi, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarni susaytirmaslikni, aksincha, yangi bosqichga ko‘tarishni talab qilmoqda. Shu jihatdan, O‘zbekiston Respublikasining barqarorligiga, ya’ni uning ijtimoiy, ma’naviy yuksalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan destruktiv g‘oyalarning oldini olish, pedagogik jamoada turli nizo va ziddiyatlarni oldini olishni va bartaraf etishni dolzarb qilib qo‘yadi.
Dissertatsiya ishi kirish, 3 bob, 5 paragraf, boblar bo‘yicha xulosalar, umumiy xulosalar va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan tashkil topgan bo‘lib, dissertatsiyaning I bobida “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish (Tarbiya fani misolida)” to‘g‘risida fikr yuritilgan.
II bobida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirishning metod va vositalari mavjud holati yoritilgan”.
III bobida “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish texnologiyasi” ochib berilgan..
Xulosa qismida keltirilgan natijalar hamda taklif va tavsiyalar barcha belgilangan vazifalarning amalga oshirilganligi va maqsadga erishilganligini ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan taklif va kamchiliklar dissertasiyaning qiymatiga ta’sir etmaydi.
Magistrant Pirnazarova Komola Ilyos qizining magistr darajasini olish uchun tayyorlagan 70110501- “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim)” mutaxassisligidan “Boshlang’ich sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish (tarbiya fani misolida)” mavzusidagi dissertasiyasi magistrlik nizomida keltirilgan talablariga javob beradi va tadqiqotchini magistr darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.


Nizomiy nomidagi TDPU
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi
kafedrasi dotsenti: D.P.Xodiyeva
Yüklə 16,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin