Mustaqil ta’lim – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan hamda talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni, o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida auditoriyadan tashqarida bajariladi. Talabalarga mustaqil ish(ta’lim)ni bajarish yuzasidan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan metodik tavsiyalar beriladi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib mustaqil ta’lim turlari – rang-barang va turli elektron ko‘rinishlari – fan o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi. Mustaqil ta’lim fanni o‘zlashtirishga, mustaqil bilim olish va mehnat faoliyatiga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ularni amalda tatbiq etish uchun muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqil ta’lim tizimi o‘quv materiallari talabalarning fanga tegishli faoliyat usuli bo‘yicha nazariy ma`lumotlar bilan bir qatorda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun turli xildagi, hajmdagi va murakkablikdagi topshiriqlarni qamrab olishi kerak.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: 1) yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
2) kerakli ma’lumotlarni izlab topish, o‘rganishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
3) axborot manbalari va manzillaridan samarali foydlanish;
4) o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash;
5) elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
6) internet tarmog‘idan maqsadli foydalanish;
7) berilgan topshiriqlarning ratsional yechimini belgilash;
8) ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
9) topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
10) o‘quv adabiyotlaridan mustaqil holda ilmiy axborotlarni ola bilish;
11) amaliy mashg‘ulotlarda mustaqil bajarish uchun berilgan amaliy topshiriq (mustaqil ish)larni bajarish va mustaqil ishlarni mas’ul o‘qituvchi va guruh talabalari o‘rtasida himoya qila bilish va h.
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Buni quyidagi chizmada ifodalaymiz:
Talabalarning o‘quv ijodiy tayyorgarlik tizimida mutaxassislik, ixtisoslik yoki umumkasbiy o‘quv fanlaridan chuqur bilim va malakalarga ega bo‘lishda mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarining shakllanganligi asosiy rol o‘ynaydi.
Mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalariga ularning o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash , mustaqil amaliy topshiriqlarni bajarish va bajargan mustaqil topshiriqni mas’ul o‘qituvchi va guruhdoshlari oldida himoya qila bilish kabi bilim va malakalari kiradi.