Mustaqil ishlarni tashkil etish tartibi va ilmiy rahbarning vazifalar -mustaqil ta’limning mavzulari beriladi; -ishni topshirish muddati va topshirish shakli haqida ma’lumot beriladi; -mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
- tavsiyalar shaklida beriladi; -mavzuga oid adabiyotlar tavsiya qilinadi; -mavzuning rejasini tuzishda talabaga yordam beriladi; -mustaqil ish va rejalarning bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratlar o‘tkazib
-turiladi va tavsiyalar berib boriladi; -ko‘rsatilgan muddatda berilgan topshiriqlar ko'riladi; -topshiriq yuzasidan test yoki savol-javob o‘tkaziladi; -amaliy xarakterdagi topshiriqlarning yechimi ko'rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi; -mustaqil ish belgilab berilgan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Mustaqil ishini tashkil etishda talabaning vazifalari Talaba mustaqil ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi zarur:
–ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
–ilmiy rahbarning tuzib bergan reja asosida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish;
–o‘rnatilgan tartib bo‘yicha mustaqil ishning hisobini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etish.
Talabaning mustaqil ishini nazorat qilish kafedrada ishlab chiqilgan jadval va fanning texnologik xaritasi asosida olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba mustaqil ishning nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirishFaning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch tushunchalar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan o‘rinlarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axbarot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash topshirig‘i ijrosini fan o‘qituvchisi imkon qadar og‘zaki savol-javob bilan mustahkamlasa, bu talabaning tafakkur dunyosini yoritishi aniq.