I
|
TA`LIMNING UMUMIY MAQSADI
|
|
|
II
|
TA`LIM TURLARI MAQSADI
|
|
|
III
|
TA`LIM BOSQICHLARI MAQSADI
|
|
|
IV
|
TA`LIM TURI BOSQICHLARI MAQSADI
|
|
|
V
|
O`QUV PREDMETINING UMUMIY MAQSADI
|
|
|
VI
|
O`QUV PREDMETI BO`LIMLARI MAQSADI
|
|
|
VII
|
O`QUV PREDMETI BOSQICHLARI MAQSADI
|
|
|
VIII
|
O`QUV PREDMETI DARSLARI MAQSADI
|
Bu pog`onaning ilk to`rt bo`g`inida ta`lim maqsadi davlat tomonidan belgilangan hujjatlarida, jumladan, "Ta`lim to`g`risida"gi Qonunda o`z aksini topadi. Jumladan, bu qonunning 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 16-, 17-moddalari ta`limning har bir turi va tur ichidagi bosqichlarning umumiy maqsadini belgilab beradi.1 Bunda, masalan, umumiy o`rta ta`lim maqsadi quyidagicha belgilanadi: "Umumiy o`rta ta`lim bosqichlari quyidagilar:
boshlang`ich ta`lim (I-IV sinflar);
umumiy o`rta ta`lim (V-IX sinflar).
Boshlang`ich ta`lim umumiy o`rta ta`lim olish uchun zarur bo`lgan savodxonlik, bilim va ko`nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o`rta ta`lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati ва amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo`naltirishga hamda ta`limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Bolalarning qobiliyati, iste`dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashgan maktablar tashkil etilishi mumkin".2
Bevosita o`quv predmeti bilan aloqador bo`lgan V-VIII bo`g`inlarda maqsad, 1-chizmada ko`rsatilganidek, DTS, o`quv dasturi, dars ishlanmasi bilan belgilanadi.
Bu silsiladan ko`rinib turibdiki, maktabda har bir dars (topshiriq) maqsadi – bu umummilliy ta`lim maqsadining bir halqasidir. Agar ta`lim maqsadi zanjirining 4-chizmada ko`rsatilgan I-IV bo`ginlari umumdavlat hujjatlari (bizda "Ta`lim to`g`risida"gi qonun, DTSlari) bilan belgilansa, uning beshinchi-sakkizinchi bo`g`inlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan dasturlar bilan belgilanadi. Har bir o`quv predmeti bo`yicha dasturda shu o`quv predmetining bo`lim, bo`g`in, bandlari maqsadi yoritilgan bo`ladi. Shu sababli mutuxassis va amaliyotchilar, o`qituvchilar zimmasiga muayyan o`quv predmetining bo`lim (band)lari maqsadining mavzular va har bir muayyan darsda voqelanishini aniqlash, ta`lim maqsadining ko`rsatilgan 8 pog`onasi orasida uzviylik va davomiylikni izchil davom ettirish mas`uliyati tushadi: o`qutuvchi har bir dars-topshiriq uchun ishlanma yoki ko`rsatma tuzib, uning maqsadini belgilar ekan, uning ko`z o`ngida, diqqati markazida ta`limning umumiy maqsadi, o`quv predmetining muayyan ta`lim maqsadi turishi lozim.
Xulosa
Ta`lim maqsadi, uning rivojlanishi, jamiyat taraqqiyoti bilan aloqalari, ta`lim tizimi strukturasida tutgan o`rni, ta`lim mazmuni, usuli, vositalari va provard samarasi bilan ko`p tomonli munosabatlarining umumiy masalalari va bu munosabatlarning ona (o`zbek) tili ta`limida voqelanishini ko`rib o`tish natijasida quyidagi umumiy xulosalarga kelish mumkin:
1.Ta`lim maqsadi haqida gapirganda ta`limning u m u m i y m a q s a d i va ta`lim tizimida h a r b i r o` q u v p r e d m e t i m a q s a d i tushunchalarini farqlamoq lozim. Ta`limning umumiy maqsadi va har bir o`quv predmeti maqsadi o`zaro umumiylik~xususiylik munosabatlari bilan bog`lanadi.
2.Ta`limning umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadi jamiyatning ta`lim oldiga qo`yadigan vazifasi - ijtimoiy buyurtma mohiyatiga ega bo`lib, jamiyatning taraqqiyoti, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, madaniy ehtiyojlari bilan uzviy bog`langan bo`ladi, davlat, jamiyat tomonidan muayyanlashtiriladi va ta`lim natijasida qanday shaxs jamiyatga yetishtirib berilishini belgilaydi. Shuning uchun ta`limning umumiy maqsadi, ko`p holatlarda ta`limning ayrim tur va bosqichlari umumiy maqsadi davlat hujjatlarida aniq va qat`iy shaklda berilgan bo`ladi. O`zbekiston Respublikasida ta`limning, uning tur va bosqichlarining umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadining davlat nazoratida turishi O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonuni bilan belgilanadi, unda global shaklda beriladi. Davlat ta`lim standartlarida soha, ixtisoslik, yo`nalish va bo`qinlar bo`yicha muayyanlashtiriladi. Bu O`zbekistonning ko`p ming yillik madaniy taraqqiyot tarixida ilk voqeadir va shuning uchun O`zbekiston Respublikasida DTS tizimining joriy etilishi mamlakatimiz ta`limi tarixida inqilobiy burilish sifatida baholanishi lozim.
3. Ta`lim maqsadi bilan ta`lim mazmuni, usuli va vositalari uzviy bog`langan bo`lib, maqsad mazmun, usul va vositani, ular, o`z navbatida, ta`lim samarasi, natijasini − ta`lim jamiyat ehtiyoji va kelajagi uchun qanday shaxsni etishtirishini belgilaydi.
4. Ta`lim maqsadi barcha davrlar uchun o`zgarmas invariant emas: u davrning iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma`rifiy taraqqiyoti bilan uzviy bog`liqlikda o`zgarib, rivojlanib, yangilanib boradi. Ta`lim maqsadida turg`unlik va jamiyat taraqqiyotida turg`unlik, tanazzul o`zaro mutanosib bo`lib, bir-biriga nisbatan dialektik sabab-oqibat munosabatlaridadir: jamiyat taraqqiyotidagi turg`unlik ta`lim maqsadida turg`unlikda namoyon bo`ladi. Ta`lim maqsadidagi turg`unlik jamiyatdagi turg`unlik va tanazzulni chuqurlashtiradi. O`zbekisonda XVII-XIX asrlardagi jamiyat va ta`lim taraqqiyotidagi turg`unlik buning yorqin dalilidir − yuz yillar davomida ta`limning umumiy maqsadi − xat-savodli itoatkor mo`min-musulmonni yetishtirish − va ta`lim mazmuni ("Abjad" - "Haftyak" - "Farzi ayn" -"Chor kitob" -"Guliston" - "Bo`ston"-...)ning o`zgarmas holda saqlanishi jamiyatdagi turg`unlikka olib keldi. Shuning uchun O`zbekistonda jadidchilik harakatining asosiy diqqati ta`lim islohoti va uni zamonaviylashtirishga qaratilgan edi.
O`zbekistonda mustaqillikning ilk qadamlaridanoq umumiy ta`lim tizimini yangilash va tubdan isloh qilishga yuksak e`tibor ham, unga taraqqiyotning eng muhim sohasi sifatida ulkan mablag`larning ajratilishi va sarflanishi ham, ta`lim maqsadi, mazmuni, usuli, yangi pedagogik texnologiyalarni keng ommalashtirishga va provard oqibatda ta`lim natijasini yangilashga intilish ham shu bilan uzviy bog`liqdir.
5.Ta`lim maqsadining, ta`lim natijasiga ijtimoiy buyurtmaning yangilanishi ta`lim mazmuni, usuli va vositalarining shu maqsadni voqelantirishga mos ravishda yangilanishi bilan ta`minlanmasa, maqsad samara bera olmaydi. Bu sovet didaktikasining tarkibiy qismi sifatida O`zbekistonda ta`lim tizimining 1970-90-yillardagi ish tajribasidan − maqsadni yangilab, mazmun, usul va vositalarni xo`jako`rsinga, faqat nomigagina yangilashning kutilgan natijalarni bermaganligida ham ko`rinadi.
6.Ta`limning umumiy mafkuraviy-ma`naviy, ta`limiy-tarbiyaviy maqsadi UMIS sifatida ta`lim tizimi strukturasidan o`rin olgan o`quv predmetlarining xususiy maqsadlarida har bir o`quv predmetining xususiyat va imkoniyatlarga uyg`un ravishda voqelanadi. Bu maqsadlar umumiy maqsadga nisbatan YHVO mavqeida bo`ladi.
7. Ona tili ta`limining maqsadi ta`limning umumiy maqsadining voqelanish ko`rinishlaridan biridir, u, avvalo, xat-savodlilikni ta`minlash, ikkinchidan, til va tafakkur mushtarakligi asosida tafakkur, uning nutqda yuzaga chiqishi bilan uzviy bog`liqligi sababli ta`lim tizimi va strukturasidan o`rin olgan boshqa o`quv predmetlari ta`lim maqsadidan ancha farq qiladi. Shuning uchun, eng avvalo, ikki tushunchani:
a) ona tilida ta`lim sharoitida ona tili ta`limi maqsadini,
b) ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitishning maqsadini
farqlash talab qilinadi. Ona tilida ta`lim sharoitida ona tili ta`limi yo`q deb hukm chiqarish mutlaqо noto`g`ri, chunki bu sharoitda ona tili ta`lim tili sifatida voqelanadi va ta`lim tilining (demak, ona tilining) imlo, talaffuz, me`yor, ifoda, hamda leksik va grammatik vositalari o`rganiladi, ona tilida bayon etilgan fikrlarni uqish va o`z fikrini ona tilida bayon etish ko`nikmalari shakllantiriladi. Buni ixcham ravishda ona tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi yoki oddiygina ona tili ta`limining umumiy maqsadi sifatida umumlashtirish mumkin.
Ta`lim o`choqida ona tili maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitilganda uning ta`limi oldiga bu umumiy maqsaddan tashqari davr talablari bilan bog`langan ijtimoiy buyurtma sifatida qo`shimcha −x u s u s i y maqsadlar qo`yiladi.
8.Ona tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi davr bilan bog`liq emas, barcha davr va jamiyatning hamma bosqichlari uchun umumiydir; ta`lim ona tilida amalga oshirilsa, uning bu umumiy maqsadi−ta`lim tili sifatida, albatta, voqelanadi.
9. Turkiy xalqlarning bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklarining materiallari turkiy (o`zbek) tilda ta`lim eramizning V asrdan hozirgacha uzluksiz davom etib kelgan va shuning uchun ona (o`zbek) tili ta`limining xat-savodlilikni ta`minlash maqsadi shuncha davr davomida u z l u k s i z voqelanib kelgan degan qat`iy hukm chiqarish, "O`zbekistonda ona (o`zbek) tili ta`limi Oktyabr revolyutsiyasidan keyingina yo`lga qo`yildi" degan g`ayriilmiy o`ydirmaga chek qo`yish haqida xulosa chiqarishga asos bo`ladi. O`lkamizning bir yarim ming yillik uzluksiz tarixiy yozma yodgorliklari butuн tariximiz davomida turkiy (ona - o`zbek) tilida ta`lim hech qachon tamoman so`nmaganligini ko`rsatib kelmoqda. Ayrim davrlarda bosqinchilar tazyiqi ostida ona (o`zbek) tilida ta`lim biroz susaygan, zaiflashgan bo`lishi mumkin, lekin hech qachon tamoman so`nmagan va yo`qolmagan. Ona (o`zbek ) tilida ta`lim zo`ravonlik bilan zaiflashtirilgan sharoitda ham Bilga To`nyuquq, Mahmud Qoshg`ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Abulg`ozi Bahodirxon, jadidlar kabi ko`p sonli turkiy til jonkuyarlarning asosli isyoniga sabab bo`lgan.
10. O`lkamizda islom dini o`rnashgunga va hukmron mafkuraga aylangunga qadar (VIII-IX asrlarda) turkiy til ta`limi oldida turkona mafkura bilan yo`g`rilgan savodli shaxsni yetishtirish maqsadi, islomiy mafkuraviy hukmronligi davrida (IX-XIX asrlarda) bu maqsad savodli mo`min (musulmon)ni tarbiyalash shaklida o`z davri uchun zamonaviylashdi va shu tarzda uzoq muddatda − qariyb o`n asr davomida turg`unlashdi. Bu maktab ta`limida ta`lim mazmuni, usuli va vositalarining ham turg`unlashishi, qotib qolishiga olib keldi; yuzlab yillar davomida yosh avlod undan bir necha yuz yil oldin yaratilgan o`quv materialidan foydalanib, orqaga qarab bordi. Shuning uchun Mahmudxo`ja Behbudiy va boshqa jadidlar: "Orqaga qarab emas, oldinga qarab intilayluk"1 deb ta`limni orqaga emas, oldinga qaratilgan bo`lishi zarurligini ta`kidlaydilar.
11.XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida jadidchilik harakatida ta`limni bu asriy turg`unlikdan chiqarish jamiyat taraqqiyotining bosh omillaridan biri deb baholandi va ona tili ta`limi oldiga milliy mafkura va islomiy dunyoqarash bilan yo`g`rilgan, zamonaviy taraqqiyotdan xabardor, madaniy va savodli shaxsni tarbiyalash maqsadini qo`yishga intildilar, umummilliy adabiy til ta`limi masalasini−ta`limgohda ona tilini maxsus o`quv predmeti sifatida o`qitish masalasini−o`rtaga qo`ydilar. Biroq bu maqsadni o`sha vaqtda tarqoqlik va hokimiyatning bo`linganligi sababli amalga oshirish mumkin emas edi. O`zbekiston sho`ro respublikasi ta`sisidan keyingina bu maqsadlarning amalga tatbiqi uchun ijtimoiy-siyosiy-iqtisodiy imkoniyat tuqildi - ta`lim o`zbek tilida olib boriladigan maktabda xususiy maqsadli ona tilini alohida o`quv predmeti sifatida o`qitish amalga joriy qilindi.
12. O`zbek maktablarida ona (o`zbek) tilini o`qitishning xususiy maqsadi xususiyatlariga ko`ra o`rgatish tarixini uch davrga bo`lish mumkin. Bular:
a) adabiy til me`yorlarini singdirish va ommalashtirish davri (1924-1970- yillar);
b) nutqni rivojlantirish davri (1970-1990-yillar);
v) ijodiy tafakkurni rivojlantirish davri (1990-yildan hozirgi kungacha).
13.Birinchi davrda ona tili ta`limi oldida turgan maqsadni voqelantirish uchun jahon tajribasida o`zini oqlagan yagona to`g`ri usulga - ona tilining fonetik, leksik va grammatik qurilish birliklariga tayangan holda adabiy til me`yorlarini ta`lim oluvchilarga singdirish va ulardan amaliy foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish usuliga tayanildi va bunday ta`lim yaxshi samara berdi − 1960-yillarda adabiy til me`yorlari deyarli to`liq ommalashdi va ona tili ta`limining maxsus maqsadi amalga oshdi.
14. Navbatdagi bosqichda - yozma va og`zaki nutqni rivojlantirish bosqichida - maqsadga erishish usuli noto`g`ri tanlandi - ilmiy grammatik o`quv materialini chuqurlashtirish, yuqori sinflarda uslubiyat asoslarini o`rganish orqali nutqni rivojlantirishga erishib bo`lmadi. Natijada 1970-80-yillarda ona tili ta`limida - o`zbek ilmiy va ommaviy matbuotida keng muhokama etilgan - turg`unlik va tanazzul hukm surdi. Buning bosh sababi til ta`limini tafakkur rivojidan ajralganligi bo`ldi; tafakkurni rivojlantirmasdan nutqni rivojlantirishga urinish urug`siz o`simlik undirishga intilishdek samarasiz edi.
15. Milliy istiqlol davrning ilk qadamlaridanoq ta`limni, jumladan, ona tili ta`limining maqsadi, mazmuni, usuli va vositalarini tubdan yangilashga jiddiy kirishildi. Jahonning ilg`or didaktikasi, ta`lim psixologiyasi, milliy an`analarimiz va qadriyatlarimiz asosida ona tili ta`limining ongli kognitiv-pragmatik (induktiv) ta`lim usuli, shu maqsad va usulga mos ta`lim mazmuni ishlab chiqildi hamda amalga joriy etildi. Bu usulning mohiyatini nutqni o`z-o`zidan emas, balki ona tili imkoniyatlari orqali ta`lim oluvchida mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur ko`nikmalarini shakllantirish, tafakkurning voqelanish shakli sifatida nutqni rivojlantirish tashkil etadi. Ilk tajriba-sinov ishlari bu usulning sersamara va istiqbolli ekanligini ko`rsatmoqda. Hozir bu maqsadni to`la voqelantirish uchun to`siq bo`layotgan narsa o`quvchilarning ona tili darslarida keng foydalanishlarini ko`zlab tuzilgan ona tili imkoniyatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi axborot bankining turli shakl va ko`rinishlari − xilma-xil maqsadli lug`at, qomus, ma`lumotnoma, ko`rgazmali qurollar, ularning elektron variantlari, kompyuter dasturlari v.h.larning juda ozligidir. Bunday qo`shimcha vositalarsiz bu ta`lim usuli o`z maqsadiga to`la erisha olmaydi. Ta`lim usulining bosh talablaridan biri − ta`lim oluvchi o`quv materialining darslik bilan cheklanmasligidir. Buni esa ona tili imkoniyatlari axborot bankigina ta`lim oluvchiga yetkaza oladi. Shuning uchun ona tili o`qitish metodikasi, tadrischi va tilshunos olimlar, ilg`or amaliyotchilar oldida turgan asosiy vazifalardan biri ona tili ta`limining ongli kognitiv-pragmatik (induktiv) ta`lim usuli uchun zarur bo`lgan va amaldagi dasturda o`z aksini topgan qo`shimcha ta`lim vositalari - axborot banklarini tuzish va sinflarga, har bir o`quvchiga yetkazish, o`quvchilarda axborot banklarini bilish, ulardan foydalanish madaniyatini, juda ko`p imkoniyatlardan muayyan sharoitda qaysi biri eng samarali ekanligini topa olish hamda undan amalda foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish, rivojlantirishning yo`l va usullarini − yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va keng ommalashtirishdir.
16. Turli davrlarda amalga oshirilgan ta`lim jarayonining maqsadlari bilan umumiy maqsadlar tahlili shuni ko`rsatdiki, ta`lim maqsadi muntazam rivojlanuvchi, dinamik jihatdan takomillashib boruvchi ijtimoiy-didaktik hodisa ekan. Buni ona tili ta`limi maqsadi dinamikasi misolida V asrdan hozirga qadar quyidagi jadvalda ko`rishimiz mumkin: (Qarang: 6-chizma.)
Dostları ilə paylaş: |