Ta`lim samarasi (Ijtimoiy buyurtmaga mos ta`lim maqsadi talablariga javob beradigan shaxs)
Jamiyat ravnaqi va istiqboli
Ta`lim maqsadini to`g`ri belgilash jamiyat hayoti, ravnaqi va istiqboli uchun iqtisodiy munosabatlar hamda ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi o`rinda turuvchi masaladir. Bu yerda O`zbekiston Respublikasining KTMDda to`g`ri belgilanganidek, shaxs~ishlab chiqarish munosabati bir tomonlama emas, balki ikki tomonlamadir: jamiyat, ishlab chiqarish qanday shaxs yetishtirish lozimligini belgilasa, ta`lim olgan shaxs (ta`lim samarasi) ishlab chiqarish samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun KTMDda shaxs O`zbek modelining markazida turadi. (Qarang: 3-chizma.)
3-chizma davlat va jamiyat
i shlab shaxs узлуксиз c hiqaris h ta`lim
o`quv predmeti
Shaxs nafaqat ishlab chiqarish, davlat, jamiyat, ta`lim markazida turadi, balki ularning o`zaro munosabatlarini ham, ravnaq-u taraqqiyotini ham belgilaydi. Shaxsni yetishtirish esa ta`lim-tarbiya maqsadi bilan belgilanadi. Demak, ta`lim maqsadining pirovard natijasi jamiyat q?anday shaxsni talab qilishidadir. Butun ta`lim tizimi mana shu maqsadga xizmat qilmog`i, ta`lim jarayonidagi har bir predmet, har bir turdagi faoliyat, har bir dars va topshiriq mana shu maqsadga qaratilmog`i kerak. Ta`lim tizimida o`qitilayotgan har bir o`quv predmeti shu maqsadning qaysidir bir "vint"chasini voqelantirishi lozim. O`quv predmetining xususiy maqsadi ta`limning umumiy maqsadi bilan umumiylik-xususiylik, butun-bo`lak munosabatlari bilan bog1lanishi shart. O`quv predmetininig maqsadi esa uning ta`lim mazmuni, materiali, usulini belgilaydi. O`quv predmeti bo`yicha har bir darsu topshiriq shu maqsadgа bo`ysunmog`i, har bir qadam shu xususiy maqsadning qaysidir yoki qanday "murvat"i bo`lishi zarur.
Ta`limning muayyan ijtimoiy talabdan dars-mashg`ulotgacha bo`lgan bosqichlari maqsadida pog`onaviylikni 4-chizmada ko`rsatish mumkin.
4-chizma