Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi.
Bunday
bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli
ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio,
magnitofon, musiqa asboblari;
audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie,
kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron
darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi
asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari;
diafilmlar; kompyuterlar;
magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion);
trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
•
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
•
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
•
o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
•
o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan
katta qiziqish hosil qiladi;
•
dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
•
o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
•
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: