57
UMUMIY XULOSA
Xulosa qilib aytganda, darsni noan‟anaviy tarzda tashkil etish, interfaol
metodlarni o‟rinli qo‟llash uchun avvalo o‟qituvchi bu metodlar bilan tanish
bo‟lishi kerak. Shundagina u o‟z darsida shunday metodlarga o‟rin bera oladi.
Agar o‟qituvchi “Aqliy hujum”, “Savollar texnologiyasi”, “Klaster”,
“Juftliklarni tanlash” “Insert” kabi metodlarni darsning turli bosqichlarida
darsning maqsadiga ko‟ra o‟rinli qo‟llay olsa, bu metodlar har bir o‟quvchining
darsda ishtirok etishiga yordam bersa, dars sifati va samaradorligi oshadi.
Darsda o‟yin texnologiyalardan ham o‟rinli foydalanish darsni bayramga
aylantiradi. Metodik kitoblarda hamma mavzularga oid didaktik o‟yinlar
tavsifini topish mumkin. O‟yinlar boshlang‟ich sinf o‟quvchisi tabiatiga eng
yaqin faoliyat turi hisoblanadi. Shuning uchun ulardan foydalanish qiziqarli va
foydali bo‟lishini tajriba sinov ishlari ham ko‟rsatdi.
Demak o‟qitishni samaraliroq qilish, o`quvchilarning darsdagi faolligini
oshirishda interfaol metodlarning foydasi juda kattadir. Bunday metodlar har bir
o‟quvchini darsga jalb qilish, ularni o‟z fikrini bildildirishga, o‟rtoqlari bilan fikr
almashishga, atrofdagi fikrlarga munosabat bildirishga o‟rgatish imkonini
beradi. Agar oddiy darsda 10 – 14 o‟quvchidan so‟rash va ularni eshitish imkoni
bo‟lsa, interfaol metod darsda hammani eshitish va faoliyatga kiritish mumkin
bo‟ladi. Bunda o‟quvchi og‟zaki nutqi o‟sadi, tafakkuri rivojlanadi, uyalish ,
qisilib – qimtinish kabi kamchiliklarni yengadi. Darsda ijobiy – yengil
atmosferani yaratish o‟qituvchini mahoratiga bog‟liq. O‟quvchilarni dadilligini,
oldinga qo‟ygan qadamini ko‟ra olishi, rag‟batlantirishi, ularni yangi qadamlarni
qo‟yishga ruhlantiradi. O‟qituvchi izlanishga, yangilikni qo‟llashga harakat
qilsa, bu o‟quvchilar bilimini mustahkamlanishida o‟z samarasini beradi.