Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan. O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan kelib chiqib, o‘qituvchining xulq–atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabati, pedagogik va axborot informatsion texnologiyalarini puxta o‘zlashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli, o‘qituvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil tiladi. Muloqotdan kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va o‘zgartirishdir.
XULOSA Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, o‘rta osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak o’quvchi bilan to’g’ri tashkil etilgan pedagogik muloqot darsning qiziqarli va sifatli o’tishini ta’minlab beradi. Buning uchun esa albatta chuqur pedogogik- psixologik bilim va tajriba kerak bo’ladi.