Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika


O’qitishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə12/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
2 5339282048492246567

2.1. O’qitishda foydalaniladigan zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitish jarayonida ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish davr talabidir. Zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanish bitta o’quvchining ustunlik qilishi, uning o’z fikrini boshqalarga o’tkazishiga yo’l qo’ymaydi.


O’qitish jarayonida qo’llaniladigan usullar juda ko’p. Bu usullar bolaning yosh xususiyatlariga, ko’pchilikni o’qitishga yoki individual ta’lim berishga qarab o’qituvchi tomonidan tanlanadi. Ulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz.
Fizikani o’qitishda “savol – javob” usulidan foydalanish.
“Savol-javob” metodidan o’tgan mavzuni so’rash va yangi mavzuni mustahkamlash bosqichlarida foydalanish yaxshi samara beradi. Savol-javob metodidan foydalangan holda didaktik o’yinlardan foydalanilsa ta’limda samaradorlik ya’ni, o’quvchilarning darsdagi faolligi oshadi.
Savol-javob metodining afzalligi shundaki, har bir o’quvchi bilan qisqa vaqtda shug’ullanish, mavzuni qay darajada tushunganligini bilish imkonini beradi. Savollar sinf jamoasining yosh xususiyatlariga qarab tuziladi. “Savol-javob” usulidan istalgan mavzuni takrorlash yoki mustahkamlashda foydalansa bo’ladi. “Savol-javob” usuli o’qituvchining istagiga qarab og’zaki yoki yozma ravishda o’tkazilishi mumkin. 8-sinflar quyi sinflarda fizikaning deyarli barcha bo’limlari bilan tanishganliklari sababli ularda yetarli bilimlar borligini inobatga olib, qiyinlik darajasi yuqoriroq bo’lgan savollarni tuzish yoki yangi mavzu bayon qilinmasligidan avval “savol-javob” usuli yordamida mavzu yuzasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini aniqlab olish mumkin.
Venn diagrammasi” usuli.
Ikkita bir-biri bilan kesishgan doiralar ko’rinishidagi sxema. Faktlar, hodisalar, g’oyalar, tarixiy qahramonlarni taqqoslash uchun qo’llaniladi. Har bir doiradagi bo’sh joylar tafovutlarni yozish uchun ishlatiladi, doiralar kesishganda hosil bo’layotgan umumiy maydon ikki solishtirilayotgan hodisalarning umumiy jihatlarini qayd qilish uchun foydalaniladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin