Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika


Elektr sig’imi. Kondensatorlar. Kondensator va uning elektr sig’imi. Yassi kondensatorning elektr sig’imi mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə16/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
2 5339282048492246567

2.2. Elektr sig’imi. Kondensatorlar. Kondensator va uning elektr sig’imi. Yassi kondensatorning elektr sig’imi mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasi

Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo’llashga intilmoqda. XX asrning 30-yillarida AQShning Indiana Universitetida talabalerga eshitish va ko’rish ta’limi bo’yicha ma’ruzalar o’qilgan. 1946-yil shu yerning o’zida eshitish va ko’rish ta’limi bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va ko’rish vositalarini ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qo’llab o’quv jarayonini boshqarish vositalari kiritildi. Bu jarayon “Ta’lim texnologiyalari deb nomlandi”.


70-yillarda – ta’lim texnologiyasining ilmiy asosini informatoka, telekommunikatsiya nazariyasi, pedagogik kvalimenteriya, tizimli tahlil, bilish failiyatini boshqarish nazariyasi, o’quv jarayonini qulaylashtirish, pedagogik mehnatni ilmiy tashkillashtirish kabilar tashkil qildi. Ko’rish va eshitish vositalarining yangi turlari: videomagnitafon, aylanmali kadroproektor, electron va bloknotli yozuv taxtasi va boshqalar chiqarila boshlandi. Ta’lim texnologiyasi muammolari bo’yicha Xalqaro anjumanlar o’tkazildi.
80-yillarda ta’lim texnologiyasini – ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni o’z vazifalari deb qo’yuvchi, butun ta’lim berish jarayonini hamda bilimlarni texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda o’zlashtirish va ularning o’zaro harakatini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli usuli deb tan olingan.
Texnologiya deganda, sub’ekt tomonidan ob’ektga ko’rsatilgan ta’sir natijasida sub’ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vosita va sharoitdan foydalanib ob’ektga yo’naltirilgan aniq maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chiradigan bo’lsak, o’qituvchi (pedagog)ning o’qitish vositalari yordamida o’quvchi- talabalarga muayyan sharoitlarda tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo’lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni jadal shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o’qituvchi tomonidan o’qitish vositalari yordamida o’qitish vositalari yordamida o’qituvchilarga ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.
“Pedagogik texnologiya” atamasi pedagogika fanida vujudga kelgan.
Pedagogik texnologiy - ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik hodisa va jarayonda qo’llaniladigan tushuncha.
O’qitish texnologiyasi - bu, o’z oldiga ta’lim shakllarini maqbullashtirish vazifasini qo’yuvchi, texnik va insoniy manbaalarni va ularning o’zaromharakatini hisobga olgan holda ta’lim berish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonlarini aniqlash va qo’llashni yaratuchi tizimli usuldir (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llaniladigan usul va metodlar to’plami tushunilib, qo’yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod bilish yo’li, tadqiqot yo’li yoki biror faoliyatdagi ma’lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak, pedagogik texnologiyaning ta’lim usuli, ma’lum ta’lim-tarbiya jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglati.
Pedagogik texnologiya deganda, qisqacha quyidagini tushunish mumkin: rejalashtirilgan ta’lim natijalariga, o’quvchilar tomonidan eng samarali ravishda erishishlariga kafolat beradigan pedagogik jarayonni loyihalashtiradigan pedagogika fani yo’nalishi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyani an’anaviy o’qitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko’p. Pedagogik texnologiya an’anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo’yilishi va unga erishilishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiy qismiga ta’limning umumiy maqsadlari (o’qituvchi va o’quvchining maqsadlari)ni ishlab chiqish, ta’lim maqsadlarini nazorat topshiriqlariga o’tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi.
O’quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish pedagogdan ijobiy ishlashni talab etadi. Pedagog o’zida unga yordam beruvchi tashqi imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy, o’quv qurollari va vositalari mavjudligi haqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Pedagog o’zidagi mavjud ma’lumot va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta’lim yo’nalishi bo’yicha ma’lumotlar hamda ilg’or o’qitish uslublarini ko’zlagan maqsadga yo’naltirish qobilyatiga ega bo’lishi lozim.
Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishishdir. Pedagogik texnologiya asosida dars o’tish eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi. Bu esa o’quvchilarga darsni o’zlashtirishlarida yengillik beradi. Pedagigik texnologiya o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’quvchilarda bilim yetarlicha bo’lmagan hollarda ham o’quvchida salbiy kechinmaga o’rin qoldirmaslikni, bu o’quvchining aybi emasligini tan olishni taqozo qiladi. Faollik ko’rsatilsa, bilimlarni o’zlashtirib olishga o’quvchilarda ishonch hosil qilishlariga ishonish hissi paydo bo’ladi. Pedagogik texnologiya o’quvchilarning fan bo’yicha bilimlarini esga tushirish, jonlantirish, yangi bilimni yaxshi o’zlashtirishga asos bo’ladi deyish mumkin. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash o’quvchini faollashtirish va bilim o’zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi.
Pedagogik texnologiya o’zida talimiy va tarbiyaviy jarayonni qamrab oladi. Shuning uchun ham u o’zida quyidagi hususiyatlarni namoyon etdi:
1. Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, optimallashtirishga bo’lgan ehtiyojni qondirish omili sanaladi;
2. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish omili hisoblanadi;
3. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiradi;
4. Pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni u shaxsni rivojlantirish, tarbiyalash, kamol toptirish, shakllantirish uchun xizmat qiladi;
5. Pedagogik texnologiya shaxsiylik xususiyatiga ega bo’lib, muayyan texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yoriy talablar qo’yilmaydi. Har qaysi o’qituvchi o’zi faoliyat yuritayotgan muhitning xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi sharoitlarini inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega.
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxslarni shakllantirish uchun poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, o’quvchilarning mustaqil fikrlay olishini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalardan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Ilgari ta’lim jarayonida hukmronlik qilib kelgan an’anaviy ta’lim metodlarida ijobiy tomonlar bilan birga qatir kamchiliklar ham mavjud. Jumladan, an’anaviy ta’lim metodlari o’quvchilarni yalpi o’qitishni va ularning bilish faoliyatini passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. Odatda, ta’lim o’rtacha bilimga ega bo’lgan o’quvchiga mo’ljallangan bo’ladi. O’quvchilarning o’quv faoliyati o’qituvchi tomonidan boshqarilib, o’quvchilarning mustaqilligi, erkin fikrlashlariga e’tibor berilmaydi.
Ta’lim jarayonining bunday kamchiliklarini bartaraf etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun o’quvchilarni yalpi o’qitish bilan bir qatorda, individual va kichik guruhlarda o’qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. O’quvchilarning bilish faoliyati mustaqil tarzda tashkil etilganda, ular o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtiradilar. Aqliy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji, iqtidori, bilimlarni o’zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilga o’quv topshiriqlarini o’quvchilar mustaqil bajaradilar va ular o’z bilish faoliyatlarining subyektiga aylanadilar.
O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilbimi, kuchi va qobilyatiga bo’lgan ishonchi ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi. Mazkur vazifalarni bajarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati o’ta salmoqlidir. Ilg’or pedagogik texnologiya “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida olib borilayotgan tub islohatlar asosiy yo’nalishlarining bosh harakatlantiruvchi kuchidir. Har bir fanni o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ilg’or pedagogik texnologiyalarni ham shu fanga moslashtirish kerak.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin