Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. “Umumiy o’rta ta’lim maktablari fizika kursida “Kondensatorlar va uning qo’llanilishi” mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasini ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga tatbiq qilish.
Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika o’qitish jarayoni.
Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 8-sinfida “Kondensatorlar va uning qo’llanilishi” mavzusini innovatsion texnologiyalardan foydalanib o’qitish metodlari va vositalari.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:
Fizika fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan foydalanishga doir manbalarni nazariy tahlil qilish;
Mavzuga doir adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlarni o’rganish va tahlil qilish;
Elektr sig’imi. Kondensatorlar. Kondensator va uning elektr sig’imi. Yassi kondensatorning elektr sig’imi mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasini ishlab chiqish;
Kondensatorlarni parallel va ketma-ket ulash mavzusini zamonaviy pedagogik va innivatsion texnologiyalar asosida o’qitish metodikasini ishlab chiqish;
Kondensatorlar va uning qo’llanilishi mavzusiga doir masalalar yechish metodikasini ishlab chiqish;
ishlab chiqilgan metodikani tajriba – sinovdan o’tkazish va natijalarni matematik tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi:Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch bobdan iborat asosiy qism, xulosalar, adabiyotlar ro’yxati va internet ma’lumotlaridan iborat bolib, jami ___betni tashkil qiladi. BMIning birinchi bobi uchta, ikkinchi bobi uchta hamda uchichi bobi ikki paragrafdan iborat, jami – yettita paragraf.