Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə6/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2 5339282048492246567

Dars ishlanmasi (Fizika fanining “Infraqizil nurlar” mavzusi asosida)
Mavzuviy rejalashtirish har bir darsga zarur bo’lgan asboblarni, ko’rgazma qurollarni, didaktik materiallar va boshqalarni o’z vaqtida tayyorlash imkonini beradi. Bunday rejalashtirish o’qituvchiga darsning hamma elementlarini, mazmunini, ketma-ketligini, bo’lishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklarni yengish yo’llarini, o’quvchilarning mustaqil faoliyatini pedagogik jihatdan samarali tashkil qilishni va ko’pgina boshqa narsalarni aniq tasavvur qilishga yordam beradi.
Dars rejasining yagona shakli yo’q, biroq unda quyidagi masalalar aks etishi kerakligini ko’pchilik timinidan tan olingan: dars mavzusu va maqsadi, uy vazifasini tekshirish, didaktik material, nazoratning texnik vositalari, yangi materialni o’rganish uchun zarur bo’lgan vositalar, metodlar, yangi mavzuni mustahkamlash va uni tahlil qilish, uy vazifasi va unga zarur bo’lgan tushuntirishlar.
Bugungi kunda darslarni “Dars muqaddas” dasturi asosida rejalashtirishga kelishilgan. Uning shakli quyidagicha:
Dars mavzusi:
Dars maqsadlari: (ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi).
Dars turi: (an’anaviy yoki noan’anaviy )
Dars usuli: (dasrda qo’llaniladigan pedagogik metodlar. Masalan, aqliy hujum,
BBB, kubik va h.k.).
Dars jihozlari: (darsda qo’llaniladigan didaktik materiallar, ko’rgazmalar).
Darsga qo’yilgan DTS talablari:
Dars rejasi: (darsning qismlari va ularga ajratilgan vaqt ).
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism
2. O’tgan mavzuni takrorlash (bu qismda o’tkazish turi, savollar ro’yxati
Belgilanadi).
3. Yangi mavzuning bayoni (yangi mavzuning qisqacha bayoni yoziladi ).
4. Uyga vazifa berish.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash ( bu qismda ham o’tkazish turi va savollar ro’yxati keltirilishi kerak ).
6. O’quvchilarni baholash.
Dars ishlanmasining bunday shakli namunaviy shakl bo’lib, o’qitiuvchilar uning qismlarini istalgancha rejalashtirishlari mumkin. Masalan, o’tilgan mavzuni takrorlashga yoki mustahkamlsh qismlariga istalgan metodni tanlashlari, darsning qismlariga istalgancha vaqt taqsimlashlari mumkin. Bu o’qituvchi hohishi va uning pedagogik mahoratiga bog’liq.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin