Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika


Davlat ta’lim standartining qismlari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə5/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
2 5339282048492246567

Davlat ta’lim standartining qismlari:
1. Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi;
2. Umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi;
3. Umumiy o’rta ta’limning malaka talablari;
4. Baholash tizimi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabining tayanch o’quv rejasi – umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi va ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi. Tayanch o’quv reja o’rta ta’lim muassasalarining dars jadvalini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabalri uchun 2021-2022 o’quv yilida fizika faniga mo’ljallangan tayanch o’quv reja



T/r

Fan yo’nalishlari blok modullari va o’quv predmetlari
nomi

Sinflar va haftalik o’quv soatlar

Haftalik umumiy soat

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11




1

Fizika va astronomiya
















2

2

2

2

2

3

13



Umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi
O’quv dasturi tayanch o’quv rejaga muvofiq o’quv fanlarining sinflar va mavzular bo’yicha hajmi, mazmuni, o’rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi. O’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Har bir o’quv dasturi uqtirish xati, o’quv fani mazmuni bayonining qisqa bayoni, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablar Sungari 3 qismdan iborat. O’quv fanining maqsad va vazifalarini belgilab berish O’quv dasturining muhim belgisidir. Ta’limning O’quv dasturi tomonidan belgilangan mazmuni darslik, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali qurollar va metodik tavsiyalarda to’la namoyon bo’ladi.
Ish rejasi.
Ish rejasi fan o’qituvchisining asosiy hujjati hisoblanadi. Ish rejasini tuzish fizika o’qituvchisining darsga tayyorgarlik ko’rishida murakkab va mas’uliyatli bosqich bo’lib hisoblanadi. O’qitishning samaradorligi va uyg’unligi, mashg’ulotlarning sistemaliligi, dastur bajarilishining sifati, o’quvchilar bilimining chuqurligi va mustahkamligi o’qituvchining ishni rejalashtirishiga, uning aniqligiga bog’liq bo’ladi. O’quv materiali ish rejasini tuzish uchun dastlabki hujjat hisoblanadi.
Ish rejasini tuzishga kirisha turib, fizika o’qituvchisi avvalo berilgan sinf dasturi bilan tanishishi kerak. So’ngra o’quv rejasidan kelib chiqib, o’quv yilining choraklari bo’yicha vaqt taqsimotini belgilaydi. Berilgan soatlar hajmiga muofiq o’qituvchi dastur materialini choraklarga taqsimlaydi va bularning hammasini yillik rejaga jamlaydi. Yillik rejalashtirish – bu, o’quv materialini choraklarga taqsimlash, mavzuviy va tahliliy ekskursiyalarni o’tkazish vaqtini, takrorlash darslarining o’tkazilish vaqtini belgilab, shundan so’nggina, mavzuviy rejalashtirishga kirishadi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin