Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə21/28
tarix05.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#60675
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
2 5339282048492246567

Eksperimental masalalar
Nazariyani amaliyot bilan bog’lashning eng samarali usullaridan biri eksperimental masalalar echishdir. Eksperimental masalalarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni echishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentlardan foydalaniladi. Eksperimental masalalarni echish jarayonida o’quvchilarning faolligi va mustaqilligi oshadi. Chunki ular masala echish uchun kerakli ma’lumotlarni darslikdan, masalalar to’plamidan tayyor holda olmasdan, balki o’zlari bajaradigan fizik o’lchashlardan oladilar. Eksperimental masalalarning yana bir afzalligi shundaki, bu masalalarni etarlicha fikrlamasdan turib echib bo’lmaydi. Ya’ni tajribada sodir bo’ladigan hodisalarni o’quvchilar keng muhokama qilib olishlari kerak. CHunki eksperimental masalalarda, laboratoriya ishlaridagidek nazariya berilmaydi, ishni bajarish tartibi ko’rsatilmaydi. Kerakli asbob-uskunalar, materiallar berilib, topilishi kerak bo’lgan ma’lumot so’ralishi bilan kifoyalanadi. Yuqorida aytganimizdek o’quvchilar qator fikr va mulohazalardan, eksperimentda qanday fizik hodisa yotganini, qanday fizik qonun ifodalanayotganligini bilib oladilar.
Grafik masalalar
Grafik masalalarning umumta’lim va politexnik ahamiyati kattadir. Grafik masalalarni echish jarayonida o’quvchilar fizika fani asoslarini chuqur o’zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni echish jarayonida hamda uy vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida o’quvchilar fizika va matematika fanlarining o’zaro bog’liqliklarini amalda ko’radilar
Grafik masalalar ham, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Fizika kursining barcha bo’limlarida amaliy ahamiyatga ega bo’lgan grafik masalalar bor.
Grafik ba’zi hollarda masalaning shartida beriladi, ba’zi hollarda grafiklarni masala shartiga tayanib olingan natijalar asosida yasash kerak bo’ladi. Grafik masalalarni echishning algoritmi quyidagicha: fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish grafigi berilgan bo’lsa, grafikni sinchiklab o’qib tushunib, alohida qismdagi bog’lanishning xarakterini o’rganish lozim. Chizmadagi masshtabdan foydalanib, grafikdan izlanayotgan kattaliklarning absissa va ordinata o’qlaridagi qiymatlarini topish kerak. Bog’lanish grafigi berilmagan hollarda masalaning shartiga yoki masaladan olingan natijaga ko’ra grafik yasaladi. Buning uchun koordinata o’qlari chiziladi, ularda har bir fizik kattalikka mos keluvchi ma’lum masshtablar tanlanadi, kerak bo’lsa jadvallar tuziladi, shundan keyin koordinata o’qlari joylashgan tekislikka tegishli absissa va ordinata o’qlariga mos nuqtalar qo’yiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib, fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish grafigi yasaladi va uni tahlil qilib xulosalar chiqariladi.
Kondensatorlar va uning qo’llanilishi mavzusiga doir masalalar yechish” mavzusida dars ishlanmasi
O’quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi. O’quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi. Siyosiy daqiqa o’tkaziladi – yangiliklar so’raladi.


Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin