Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə3/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi rinolalik bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonini mukammal o‘rganish va bu toifa bolalarda nutqning fonetiko-fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. .
Tadqiqotning vazifalari:

  1. Muammo bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;

  2. Maktabgacha yoshdagi rinolalik bolalar nutqini o‘rganish;

  3. Maktabgacha yoshdagi rinolalik bolalarning fonematik idrokining rivojlanishini o‘rganish;

  4. Maktabgacha yoshdagi rinolalik bolalarning fonematik idrokining patologiyalarini xisobga olgan holda, logopedik ta’sir usullarini aniqlash va interfaol o‘yinlarni tanlash .

Tadqiqot ob’ekti: 5-6 yoshdagi rinolalik bolalar.
Tadqiqot predmeti: Maktabgacha yoshdagi rinolalik bolalar nutqining fonetiko-fonematik tomonidagi kamchiliklarni o‘rganish va korreksiyalash jarayoni.
Tadqiqotning metodologik asosini quyidagilar tashkil etadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining birinchiprezidenti I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasining prezidentiSh.M.Mirziyoevning nutq va risolalarida ta’lim to‘g‘risida ilgari surilgan fikrlari, “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maxsus ta’lim konsepsiyasi”, “Bolalarni himoya qilish Konvensiyasi”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul qilingan Davlat Dasturlari, nutqning psixologik asosi va bola miyasining kompensator imkoniyatlari haqidagi nazariyalar (L.S. Vыgotskiy, N.I. Jinkin, A.R. Luriya); ontogenezda psixikaning rivojlanishiga faoliyatli yondoshuv nazariyasi (A.V. Zaporojes, A.N. Leontev, D.B. Elkonin va boshqalar.); ontogenezda nutqiy rivojlanish qonuniyalarini o‘rganish (A.N. Gvozdev, A.A. Leontev); nuqson tuzilish haqidagi nazariy qonuniyatlar (L.S. Vigotskiy, T.A. Vlasova, V.I. Lubovskiy, M.S. Pevznerva boshqalar); miya jarohati o‘chog‘larida nutq buzilishlarni o‘rganishda kompleks neyrolingvistik yondoshuv haqidagi qonuniyat (E.N. Vinarskaya); diagnostikaning psixologik va klinik mezonlari to‘g‘risidagi nazariya (S.S. Lyapidevskiy, Ye.M. Mastyukova, O.V. Pravdina, A.M. Smirnova, M.E. Xvatsev va boshq.); nutq va tafakkur rivojlanishida kinesteziyalarning roli haqidagi qonuniyatlar (N.I. Jinkin, I.P. Pavlov, I.M. Sechenov); bolaning psixologik rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi roli haqidagi qonuniyatlari (L.S. Vыgotskiy).

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin