Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta


I Bob. Muammoning o‘rganilganlik holati



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə5/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

I Bob. Muammoning o‘rganilganlik holati

    1. Rinolaliya nutq nuqsonini maxsus adabiyotlarda o‘rganilganlik holati

Rinolaliya bo‘yicha dastlabki ilmiy ishlar vrachlar tomonidan yozilgandir. Ularning harakatlari tanglay bo‘rtmasini to‘liq tiklashga qaratilgan edi. Qayta hosil qilingan tanglay pardasi yetarli darajada uzun va harakatchan bo‘lishi va xalqumning orqa devori uchun birika olishi lozim.
Bu samaraga erishish burun va burun o‘rtasidagi yo‘lning erkin yorilish imkoniyatini ta’minlaydi va burun ottenkasini baratarf etishga asos yaratadi yoki uni to‘liq bartaraf etadi.
N.I. Pirogov, N.V.Voronsovskiy, P. Subbotin, M.I.Paykin o‘zlarining ishlarida operativ tadbirlar ta’sirida tanglay razmeri qay darajada o‘zgarishi, tanglay razmerlarining qaysi ko‘rsatgichlari manqalanishdagi logoterapiyaga yaxshi tasir ko‘rsatishi kabi masalalarini muhokama qilganlar.
N.I. Pirogovning shogirdi N.V.Voronsovskiy normal nutqni tiklash yo‘lida uranoplastika qilish orqali oldinga bir kadam kuyildi deb takidlagan. Uning fikricha, uranoplastikadan keyin ham manqalanishni saqlanib qolishini sababi yumshoq tanglayning ikkilamchi qisqarishi, harakatchanligining yetishmovchiligidir. Lekin, uning fikricha talaffuzdagi nuqsonlarni har kuni mashq qilish orqali, korreksiyalashda nutq sekin- asta tushunarli bo‘la boshlaydi.
Jarroxlar tomonidan og‘iz bo‘shlig‘idagi anatomik nuqsonlarni korreksiyalashdagi qo‘lga kiritilgan yutuqlarga qaramay ularning hech biri faqat operativ aralashuv yordamidagina nutqni fonetik jihatdan yaxshilashda ijobiy natijalarga erisha oladilar. Uranoplastikaning yagona o‘zigina rinolaliklar nutqidagi manqalanish ohangini bartaraf eta olmasligi amaliyotda tan olingandir.
A.A. Limbergning ko‘rsatishicha, jarrox mavjud yoriqlikli deformatsiyani davolash va bartaraf etishdagi ishda o‘zining zimmasiga tushadigan vazifani aniq tasavvur qilish kerak buladi. Xirurgik davolashning vazifasi - mumkin qadar zararlangan organlarni, ular faoliyatini buzmasdan shakl va kattaligini tulik qayta tiklashdir.
Chet el mutaxassislari rinolaliyani o‘rganish va logoterapiyani rivojlanishiga katta xissa qo‘shdilar.
Lemone, Makuen, Kez va boshqalar (XX-asr boshi) tanglay yoruqliklarini jarroxlik tomonidan davolashning takomillashtirdilar va xar doimo xirurgik aralashuvga ko‘ra ta’lim jarayoni o‘smir va katta yoshdagi kishilarga nutqdagi manqalanishni bartaraf etishda katta imkon yaratadi, deb ta’kidlanganlar.
Nemis yo‘nalishining ko‘zga ko‘ringan mualliflaridan prof. G.Gusman hisoblanadi. Uning tomonidan ishlab chiqilgan metodikada tanglay-halqum birikmasini yaxshilash uchun mashqlarning aniq sistemasi tavsiya qilinadi. U nutqiy mashq qilishda obturator yoki burun qisqichini qo‘llashni maslahat beradi. Uning metodikasi bo‘yicha, tanglay – xalqum qanotlarini qisish bilan erishiladi. Chunki bu vaqtda og‘izda kuchli bosim hosil bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida tanglay pardasining yuqoriga tomon ko‘tarilishiga imkoniyat yaratadi. Ushbu nutq mashqlarining asosida baland ovozdan foydalanish yotadi. Nutq mashqlarining asosi yuqori balandlikdagi ovozni qo‘yish hisoblanadi. Baland nutqda ovoz bo‘shlig‘ining barcha ichki qismlarida qattiq inervatsiya paydo bo‘lib tanglay pardasining faolligi ortadi.
Bu tarzdagi taaffuz mashqlarini – anna singari birikmalarni talaffuz qilishdan boshlash tavsiya qilinadi. Bu o‘rinda birinchi «a» tovushi odatdagi o‘rtacha kuch bilan talaffuz qilinsa, «pa» birkmasi esa nisbatan kuchliroq ton bilan talaffuz qilinishi lozim. So‘zning oxirgi «a» tovushini esa alohida, kuchli ton bilan talaffuz qilishi tavsiya etiladi. Bir qancha mashg‘ulotlardan keyin oldin tanish bo‘lganso‘z birikmalarini obturatorsiz yoki burun qirralarini qismasdan talaffuz qilishga o‘tiladi.
Fransuz yo‘nalishining namoyondalaridan biri bo‘lgan Beyss rinolaliklar bilan ishlash jarayonida shivirlab gapirishishni qo‘llashni taklif qiladi. Chunki shivirlab gapirish tanglay pardasini aniq faoliyat ko‘rsatishini talab qiladi.
Frashels tomonidan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda zarbasimon (tolkoobrazniy) ish metodining qo‘llashni taklif qiladi. Bu metodda tovushlarni talaffuz qilish bilan birga yuqoriga ko‘tarilgan, qattiq siqilgan mushtumlarning tezlashgan zarbsimon yo‘nalishdagi harakatlari bajariladi. Bunda rivojlanayotgan energiya shu vaktda ishlayotgan muskullarning irrodiatsiya qilib mskullarni tanglay faoliyatini rivojlanishi va mustahkamlanishiga olib keluvchi qo‘shimcha ishni bajarishga majbur qiladi.
M.E.Xvatsev nemis maktabi tamoyillarini shaxsiy tajribaga asoslangan xolda modifikatsiya qilgan. Juda ko‘p chet el mutaxassislarining amaliyotini o‘zlashtirib, Xvatsev M.E. tomonidan bayon etilgan metodika qiyin hollarda ham ijobiy natijalarni berdi. Lekin yuqori natijalarga yetishmoq uchun logopedning yuqori darajadagi mohirligi va nutq apparatining anatomiyasi va fiziologiyasini chuqur bilishni talab qilsa, bemorlardan zo‘r berish, diqqatni kuchaytirish va tirishqoqlikni talab qiladi. Metodika bemorning nutq apparatlarini rivojlantirish uchun mashqlarning murakkab kompleksini katta miqdordagi mexanik usullarni taklif qiladi.
Metodikaning qiyinligi va yetarli darajada bo‘lmagan samaradorligi bir necha bor muallifning o‘zi tomonidan takidlangan.
«O‘ziga xos og‘ir hollarda 3-4 oydan iborat kursni o‘tish to‘liq darajadagi toza va aniq nutqni hosil qilmaydi. Dastlabki davrlarda nutqda alohida tovushlarning mustaxkamlanganiga qaramay, qayta o‘zlashtirilgan tovushlar bir birini tormozlaydi va boshka eski yo‘nalishlar bilan almashtiriladi».1
F.A.Rauning «Tug‘ma tanglay yorug‘liklarida operatsiyagacha logoterapevtik mashqlar» maqolasi e’lon qilindi.
Bu maqolada operatsiyagacha bo‘lgan davrda talaffuzni tarbiyalash buyicha mashg‘ulot umum qabul qilingan tovushlarni nutqqa qo‘yish bo‘yicha metodikaga qarab o‘tkazish tavsiya qilinadi.
F.A.Rau operatsiyagacha bo‘lgan davrda to‘g‘ri artikulyatsiyalarni tarbiyalash qiyinligini, noto‘g‘ri tarbiyalangan harakatlar esa operatsiyadan keyin logopedik ishni qiyinlashtiradi degan fikrni bayon qilgan. Shu tariqa u operatsiyagacha bo‘lgan davrdagi mashg‘ulotlarda talaffuzni shakllantirishga juda extiyotkorlik bilan yondashish kerakligini tavsiya qilgan.
Ye.F.Rauning «Manqalanishning turli xil ko‘rinishlarida nutqni to‘g‘irlash bo‘yicha amaliy boshqaruv» kitobi chiqdi. Bu ilmiy ishda 11 mashg‘ulotdan iborat ish metodikasi bayon qilindi. Ishda burun qanotlarini berkitib, qisib to‘g‘ri talaffuzni tarbiyalash prinsipini qo‘llanishi bilan o‘tkaziladigan logopedik mashg‘ulotlarni qisqacha izchilligini yoritib berishga harakat qilinadi.
Z. G. Nelyubovaning «Talaffuz buzilishlarining bar­taraf etish bo‘yicha» kitobi chiqarildi. Kitobda bemor bilan o‘tkaziladigan ishning 8 bo‘limi, tug‘ma tanglay yorug‘liklarida nutqni tarbiyalash usullari bayon qilingan edi.
Yuqoridagi ishlardan farqli ravishda Z.G.Nelyubova juda ko‘p yangi usullarni kiritadi; tinglay pardasini massaj kilish, tanglay uchun maxsus mashklar. Muallif diafragmali nafasni pastanovkasiga va ovoz chiqarish oqimini to‘gri tanlanishiga katta axamiyat berdi. Kitobda ilk bor rinolalikni o‘z nutqiga eshitish diqqatini rivojlantirishni zarurligi haqida fikr bildirildi2.
Rinolaliya nutq kamchiligining kelib chiqishi va tarqanganlik darajasi turli mamlakatlarda o‘rganiladi. Yoriqliklar bilan tug‘uluvchi bolalar chastotasi turli halqlarida turli mamlakatlarda va hattoki bir mamlakatining turli vohalarida ham turlichadir. A.A.Limberg adabiyotlarda to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirib shunday xulosaga keladi: har 600 – 100 ta yangi tug‘ilgan chaqaloqqa, tanglay, lab yoriqligiga ega bitta bola to‘g‘ri keladi. Aynan shu fikrni L.E.Frolova ma’lumotlarida kuzatishimiz mumkin. Uning fikricha, har 1000 ta bolaga to‘g‘ri kelar ekan. M.D.Dubovning ko‘rsatishicha, ochiq rinolaliya ko‘p tarqalgandir, yiliga 5 ming bola tanglay yoriqligi bilan tug‘iladi. I.A.Kozina ma’lumoti bo‘yicha esa Rossiya Federativ Respublikasida yiliga 5000 atrofida turli yoriqliklarga ega bolalar tug‘iladi. Yuqori lab va tanglayning tug‘ma yoriqlari tarqalganligi bo‘yicha dunyo miqyosida uchinchi o‘rinda turadi.3
Momesku va E.Aleksning ko‘rsatishicha tanglay yoriqligiga ega bolalarning so‘zlashuv nutqi normal bolalarga nisbatan 50% kam ma’lumotni o‘zida jamlaydi. Rinolalik bolalarning nutqiy ma’lumotni yetkazish imkoniyati ikki barobar qisqargandir. Bu jiddiy muloqat muammolarini keltirib chiqaradi. T.B.Filicheva, N.A.Cheveleva, G.V.Chirkina rinolaliya shakllariga qarab tovush talaffuzidagi kamchiliklarni ko‘rsatib berdi. Xususan, yopiq rinolaliya uchun nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida burun rezonansining fiziologik pasayishi xarakterli holat hisoblanadi. Normada eng kuchli rezonans burunli “m”, “n” tovshularining talaffuzidagi kuzatiladi. Bu tovushlarning artikulyatsiyasi jarayonida burun – halqum halqasi ochiqligicha qoladi va havo burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agar burun rezonansi bo‘lmasa bu fonemalar og‘izli “b” – “d” singari eshitiladi. Bundan tashqari yopiq rinolaliyada burun undoshlaridan tashqari unli tovushlar talaffuzi ham buziladi. U notabiiy jonsiz tus oladi.
S.Fletger 70 ta tekshiruvchilarda o‘tkazilgan nutqiy testlardan olingan natijalarni va ularni har tomonlama tahlili natijasida qo‘lga kiritgan statistik ma’lumotlarni keltiradi. Bu ishning asosiy xulosasi ochiq rinolaliyali bemorlarda sirg‘aluvchi va sirg‘almaydigan tovshular orasida kontrastning mavjudligini tasdiqlash hisoblangan.
B.M.Grinshpun, G.V.Chirkina fikricha, yuz, jag‘ tuzilishing yaxshi rivojlanmaganligi sababli bunday bolalarda artikulyatsion, nafas va ovozni hosil qiluvchi funksiyalar birligi buziladi. Bunda vujudga keladigan nutqnnig o‘ziga xos buzilishi fonematik idrokning to‘liq rivojlanmaganligi bilan murakkablashadi.4
Shuningdek, fonemalarning differensirovkasi zarar ko‘radi. Artikulyatsiya a’zolar qurilishidagi buzilish nutqiy motorikadagi yetishmovchilik birgina tovshu talaffuzi buzilishiga sabab bo‘libgina qolmay balki eshituv idrokning buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Rinolaliyada deyarli barcha tovushlar nazalizatsiyalangan bo‘ladi, ulardan aksariyat faqat yaqin va bir vaqtning o‘zida ularning tashkil topish usulli va akustik belgisiga o‘hshash guruxlar ichida o‘zaro almashadi.
Yuqorida berilagn adabiyotlar tahlilidan ko‘rinib turibdiki biz o‘rganayotgan muammo bizning respublikamizda hali o‘rganlmagan. Shu sababli biz aynan shu muammoni o‘rganishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin