Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə4/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Tadqiqotning metodlari.
Tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi metodlardan foydalandik:

  1. Tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni nazariy taxlil qilish;

  2. Bolalarning tibbiy – pedagogik xujjatlarini o‘rganish;

  3. Bolalarning tovushlar talaffuzi va fonematik idrokini ommaviy va yakka tartibda tekshirish;

  4. Bolalar, logoped, shifokor, ota – ona bilan suhbatlar o‘tkazish;

Tadqiqotning miqdor va sifat natijalarini tahlil qilish.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati: Ishning natijalari maxsus maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari nutqining fonetik-fonematik tomonini shakllantirish va takomillashtirishda foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishi materiallari “Maxsus psixologiya”, “Maxsus pedagogika”, “Logopediya”, kurslarini nazariy jihatdan boyitadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Bitiruv malakaviy ishining natijalaridan, tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalardan Defektologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari, xalq ta’limi tizimining barcha maxsus muassasalarining tarbiyachi, defektologlari, logopedlari, ota-onalar foydalanishlari mumkin.
Tadqiqot ikki bosqichda amalga oshirildi:
Birinchi bosqich: (2020 yil)—tadqiqot muammosi bo‘yicha tegishli adabiyotlar, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalaridagi ilg‘or ish tajribalari o‘rganildi. Natijada tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ilmiy farazi va metodlari aniqlandi hamda dastlabki materiallar to‘plandi.
Ikkinchi bosqich: (2020-2021 yil) —tadqiqot nazariy asosi, mazmuni aniqlandi va ishning eksperimental asoslarini tasdiqlovchi tajribalar metodikasi tayyorlandi, o‘tkazildi, olingan natijalar tahlil qilinib, rinolalik bolalar nutqining fonetik- fonematik tomonini rivojlantirishda interfaol o‘yinlardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
Tadqiqotning yangiligini quyidagidar belgilaydi: rinolaliyali bolalar nutqini fonetik-fonematik tomonini, rivojlantiruvchi , takomillashiruvchi nutqni faollashtirishning ayniqsa ilk bosqichlarida turli xil artikulyatsion motorika, fonematik idrok, fonematik idrok, tovushlar talaffuzini rivojlantirish, nutqiy va nonutqiy tovushlarni farqlashga, berilgan tovushni so‘z o‘rnidan topishga, nutqning ohangi ritmi, bo‘yoqdorligini ajratishga o‘rgatadigan interfaol o‘yinlar va ijodiy mustaqillikni rivojlantiruvchi topshiriqlar tashkil etadi
Malakaviy bitiruv ishi kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin