Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

Olako‘z laqabli sigir 
Uzoq zamonlarda bir qishloqda chol va kampir yashagan ekan. Ularning
Olako‘z laqabli sigiri ham bor ekan. Olako‘z har kuni ko‘p sut berib, “Mu-mu!” 
deya mo‘rar ekan.
41
Зинкевич–Евстигнеева Т.Д. Практикум по сказкотерапии. - СПб. ООО «Речь», 2000.- 310с.


77 
Kunlardan bir kuni Olako‘z chuqur uyquga ketibdi. Uxlab-uxlab, hech 
uyg‘onmasmush. Chol va kampir uni uyg‘atolmay rosa yig‘lashibdi.
Kampir sichqonni chaqirib: “Sichqoncha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga 
senga sut beraman” – debdi. Sichqon “Pi, pi, pi uyg‘on! Pi, pi, pi o‘rningdan 
tur!” deya chiyillabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Kampir mushukni chaqirib: “Mushukcha, Olako‘zni uyg‘otib ber, evaziga 
senga sut beraman” – debdi. Mushuk “Myau, myau, myau uyg‘on! Myau, myau, 
myau o‘rningdan tur!” deya miyovlabdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Olako‘zni osmondagi bulutlar ko‘rib qolibdi. Olako‘zdan jahli chiqib 
lunjlarini to‘ldirib puf-puf deya puflabdi-yu, portlab ketibdi.
Yomg‘ir yog‘a boshlabdi, o‘t-o‘lanlarga, daraxt-u uylarning tomlariga 
yog‘ibdi. Olako‘z uyg‘onmabdi.
Qattiq momaqaldiroq chaqnab, yomg‘ir yana kuchayibdi.
Olako‘z uyg‘onib ketib, “Mu-mu!” deya mo‘rabdi. Chol va kampir 
xursand bo‘lib, hammani chaqirib, sut bilan mehmon qilishibdi.
 
1 bosqich. Affektiv holatlarni tushunish va ularni o‘zaro farqlash 
Maqsad: 
1.
 
So‘zli rejissyorlik o‘yini: 

Musiqaning xususiyatlari asosida qahramonlarning xatti-harakatlari va 
hissiy holatini sezish ko‘nikmalarini shakllantirish;

Bolani hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllari bilan tanishtirish 
(
sichqoncha, mushukcha
);

Fe’lning buyruq mayli bilan tanishtirish (
uyg‘on, tur
);

Hayvonlar ovozini turli intonatsiya (xursandchilik, iltimos) va balandlik 
(
baland, past, shivirlab
) bilan ifodali imitatsiyalashga o‘rgatish;
2. 
Psixogimnastika: 

Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish 
(
yomg‘ir, momaqaldiroq
); 

Hissiy holatlarni mimika va xatti-harakatlarda ta’sirchanlik bilan ifoda 
etishga o‘rgatish (
g‘am, iltimos, xursandchilik
); 
 

Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish (
bulut - yomg‘ir
). 
 


78 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin