75
Ish bosqichlari
1 bosqich.
Affektiv holatlarni tushunish va ularni o‘zaro farqlash.
Maqsad: ertak syujetini tilning ifoda vositalari yordamida tushunish,
musiqiy kompozitsiyani idrok etish, ertak qahramonlarining replikalarini,
mimika va xatti-harakatlarini intonatsiya va ifoda bilan takrorlash,
ularning
hissiy holatlarni ritmlashtirish.
O‘yin usullari:
so‘zli rejissyorlik o‘yini, psixogimnastik etyudlar, ritmik
mashqlar.
2 bosqich.
Hissiy-affektiv vaziyatlarni ta’riflash va muhokama qilish.
Maqsad: yoyiq so‘zli ta’riflar tuzish yordamida o‘z xulq-atvor
reaksiyalarini
boshqarish
ko‘nikmalarini
o‘zlashtirish,
musiqiy
kompozitsiyaning tembri, dinamikasi, ohangini idrok etish davomida ma’lum
his-tuyg‘ularga ega bo‘lish, ifodali xatti-harakatlarni bajarish.
O‘yin usullari:
ta’riflash,
pantomimik, ritmik va musiqiy topishmoqlar,
relaksatsion mashqlar.
3 bosqich.
O‘rindosh ehtiyojni ifodalash.
Maqsad: ertak asosidagi fantaziya-o‘yinlarda hissiy muammolar va
dolzarb kechinma-ehtiyojlarni ifoda etish asosida hissiy xulq-atvor va ta’sirchan
jumlalarni muvozanatga keltirish.
O‘yin usullari: musiqa asosida fantaziya qilish, so‘zli tasvirlar,
pantomimik
mashqlar yordamida uyatchanlik, tortinchoqlik, jamoa oldidagi
qo‘rquvlarni bartaraf etish.
O‘yin texnologiyasida foydalanilgan metod va usullar
So‘zli rejissyorlik o‘yini bolalarda nutqni rivojlantirish,
musiqa asosida
ertak qahramonlarining xatti-harakatlari va hissiy holatini tushunish, uni to‘liq
tasvirlab berish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratiladi.
Yo‘naltiruvchi savollar usuli ertak
qahramonlarining ovozlarini o‘xshatib
ifoda etishga,
aniqlashtiruvchi savollar usuli
esa jumlalarning mazmuniy
76
tomoni, uning mazmunini turli tomondan tahlil etish,
ahamiyatini
aniqlashtirishga qaratiladi.
Psixogimnastika usuli -
mimika va xatti-harakatlari yanada ta’sirchan
ko‘rsatib berish, badan mushaklaridagi gipertonuslarni bartaraf etish va
mushaklarni tinchlantirish uchun katta ahamiyatga ega.
Hissiy obrazlarni temp va ritmda aks ettirish, ertak qahramonlarining
hissiyotlari, xatti-harakatlarini ritmlashtirish
mashqi bola organizmida
kechayotgan ritmik jarayonlarni me’yoriy kechishiga ta’sir etadi.
Ta’riflash metodi
– bolalarga ertakning mazmun-mohiyatini chuqurroq
tushunish, unga mos hissiy javob reaksiyasini chaqirish, boshqa ertaklar bilan
o‘xshash va farqli tomonlarini o‘zaro bog‘langan jumla va gaplar vositasida
taqqoslash, nutqda obrazli jumla va ertakdagi qaytariluvchi “naqorat”larni faol
qo‘llashga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi so‘zli improvizatsiyalar metodi
– defektolog bolalarga
ertakni ma’lum epizodini sahnalashtirishni taklif etadi va bolalarga bosh rollarni
taqsimlab beradi. Sahnalashtirish davomida bolalar ertakni syujeti asosida
ertakka yangi elementlarni kiritishadi, ertak qahramonlarini o‘zaro muloqoti
asosida bolalar ertak mazmun-mohiyatini chuqur anglashadi.
Musiqiy kompozitsiya asosida fantaziya qilish metodi
– bolalar ertak
asosidagi musiqani bir qismini tinglagandan so‘ng, musiqiy obrazning xarakteri,
dinamikasi, ohangi va ritmidan kelib chiqgan tarzda ertak qanday davom etishi
mumkinligi
haqida
mulohazalar
yuritishadi,
o‘z
mulohazalarini
sahnalashtirishadi
41
.
Ta’limiy eksperimental tadqiqot davomida ertakterapiya o‘yin
texnologiyasi asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar namunasi:
Dostları ilə paylaş: