80
Ertak qahramonlari va ularning affektiv holatini ta’sirchan ifoda
asosida aniqlashga o‘rgatish (
g‘am, taklif, uyqu
);
Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish
(
momaqaldiroq chaqnashi, yomg‘ir
);
Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish
ko‘nikmalarini rivojlantirish (
bulut - yomg‘ir
).
2.
Muhokama qilish:
Bolalarga ertakning tub mazmun-mohiyatini tushuntirish (do‘stlar
doim yordamga kelishadi);
Bolalarni egallagan multisensor tajriba
asosida hamkorlikda yoyiq
ta’riflar tuzishga o‘rgatish;
Bolalar nutqida hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllarini
(
sichqon – sichqoncha, mushuk – mushukcha
) va fe’lning
buyruq-istak maylini
(
uyg‘on, tur
) qo‘llashni faollashtirish;
Oddiy jumlalarni to‘liq gap ohangi bilan so‘zlashga o‘rgatish.
Defektolog
(bolalarga avvalga darsda so‘zlab berilgan “Olako‘z laqabli
sigir” ertagini hikoya qilib, so‘ng bolalarga murojaat qiladi).
Demak, do‘stlar
doimo bir-biriga qiyinchiliklarni engishga ko‘maklashishadi. Do‘sting qancha
ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi ekan. Eslang,
kampir kimlarni yordamga
chaqirgan edi?
Bolalar: Kampir mushuk, sichqon, bulutni yordamga chaqirgan.
Defektolog. Kampirga o‘xshab: “Sichqoncha (mushukcha, bulutcha)
Olako‘zni uyg‘otib ber” va mushukga o‘xshab: “Myau, myau, myau uyg‘on!
Myau, myau, myau o‘rningdan tur!” deya javob berib ko‘ring.
Bolalar defektolog topshirig‘ini bajarishadi.
Dostları ilə paylaş: