Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna


“Musiqani tinglab, javobni top!” o‘yini



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

“Musiqani tinglab, javobni top!” o‘yini 
Bolalar musiqiy parchalarni tinglab, ularni ertakning qaysi epizodiga 
oidligini aniqlashadi va muhokama qilishadi: momaqaldiroq chaqnashi (M.I. 
Glinka. «Chernomor marshi»), yomg‘ir yog‘ishi (F.Shopen, Skerzo № 1). 
Bolalar defektolog yordamida musiqiy parchani va ertak epizodi dinamikasi va 
kayfiyatini tasvirlovchi ikki-uchta gap tuzishadi.
Defektolog. Musiqa qanday kayfiyatga ega: qo‘rqinchlimi yoki 
xushchaqchaqmi? Bu musiqaning maromi tez-mi, sekin-mi? Og‘irmi, yengilmi?
Bolalar javob berishadi. Bu musiqa yengil, sho‘x va tez, demak bu 
momaqaldiroq emas, yomg‘ir tomchilashidir.
Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va 
bo‘shashtirish mashqi
F. Shopenning Skerzo № 1 musiqasi ostida bolalar aylana bo‘lib turib, qo‘l, 
oyoq 
mushaklarini 
kuchlantirishadi, 
lunjlarini 
ishirishadi. 
D.D.Shostakovichning “Bayram uvertyurasi” musiqasi ostida lunjlaridagi 
havoni puflab chiqarishadi, badan mushaklarini bo‘shashtirishadi, joyida turib 
“yomg‘ir tomchilari” kabi sakrashadi.
3 bosqich. O‘rindosh ehtiyojni ifodalash 
Maqsad:
1. 
Psixogimnastika:

Bolalarni o‘z affektiv holatlarini xatti-harakat, mimika va nutqda to‘g‘ri 
ifodalashga o‘rgatish (
qo‘rquv, xafa bo‘lish
);

Motor xulq-atvor va nutqiy reaksiyalarni dinamik muvozanatini 
koordinatsiyalash ko‘nikmalarin rivojlantirish;


83 

Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish (
bulut - yomg‘ir
).
1.
Hamkorlikdagi nutqiy improvizatsiya:

Bolalarni ertak qaxramonlarini muammoli vaziyatdagi hissiy holatini 
ta’rifini kengaytiruvchi gaplarni defektolog ketidan davom ettirishga o‘rgatish 
(
bolalar Olako‘zni uyg‘otadi
).
Jihozlar: Surnaycha, qo‘ng‘iroqcha. 
Defektolog 
(bolalarga avvalgi darsda so‘zlab berilgan “Olako‘z laqabli 
sigir” ertagini hikoya qilib, so‘ng bolalarga murojaat qiladi). 
Bolalar eslang, 
ertakda kampir Olako‘z laqabli sigirni uyg‘otib berishni kimlardan so‘ragan?
Bolalar: Kampir sichqonni va mushukni uyg‘otib berishni iltimos qilgan . 
Defektolog: Tasavvur qiling-ki sichqon va mushuk uyda yo‘q ekan, shuning 
uchun kampir sizdan sigirni uyg‘otishni iltimos qildi. Keling ertakni boshqatdan 
aytib beramiz, men sigirni kim uyg‘otishini galma-galdan aytaman, siz esa uni 
uyg‘otishga harakat qilasiz. Sizga bu ishda surnaycha va qo‘ng‘iroqcha “Du-du-
du uyg‘on! Du-du-du o‘rningdan tur! Din-din-din uyg‘on! Din-din-din 
o‘rningdan tur!” yordam beradi. Bolalar sigirni qo‘rqitvormaslik uchun uni 
qanday ovoz bilan uyg‘otamiz? Qo‘pol emas, ...
Bolalar: mayin, muloyim uyg‘otamiz.
Defektolog. Hozir biz kampirga Olako‘z laqabli sigirni uyg‘otishga 
yordam bergan bolalar haqidagi ertakni aytib beramiz. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin