98
taklif etiladi. Bola predmetni “Bu kubik” deb nomlaydi. So‘ng kubiklar turgan
stolning yoniga boradi va “bu kubiklar” deb aytadi. Qo‘lidagi kubikni kubiklar
qatoriga qo‘shib qo‘yadi. O‘yinda topshiriqni to‘g‘ri bajargan bola shu stol
atrofida o‘tiradi. Qolganlar esa toki topshiriqni to‘g‘ri bajarmagunlaricha
turadilar.
Shunday qilib, barcha predmetlar birma-bir o‘z stolidan joy oladi.
Bu o‘yinda bolalar bir qator
predmetlar bilan tanishadi, defektolog o‘z
hohishiga qarab navbatma-navbat predmetlarni almashtirib borishi mumkin.
Maqsad bolalar ushbu predmetlar bilan tanishishi, ularni ko‘plikdagi holatini
alohida
nomlash kerakligini anglashi,
-lar
qo‘shimchasini faol nutqida
qo‘llashni o‘rganishidir. Bu o‘yinda bolalar nafaqat leksik va grammatik
tomonidan o‘z nutqini
mukammallashtirib boradi, balki harakat qilgan odam
rag‘batlantirishga ega bo‘lishini ham tushunadi. Har bir narsani to‘g‘ri qilsa
biron natijaga erishishi mumkinligini anglab boradi.
Bolaning har bir
kichkinagina bo‘lsa ham yutug‘ini rag‘batlantirish yodingizdan chiqmasligi
lozim.
Xuddi shu o‘yindan umumiy motorika va koordinatsiyani rivojlantirish
ham mumkin. Chunki
motorika qanchalik rivojlansa, insonning nutqi ham
shunchalik rivojlanadi, mukammallashib boradi. Zamonaviy maxsus ta’lim
rivojlanishida kompleks yondoshuv tamoyiliga asoslanib birlik va ko‘plikdagi
otlarni nomlashni o‘rgatishda
Dostları ilə paylaş: