Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

“Ushlab ol va nomla” 
o‘yinidan foydalanishni 
tavsiya etamiz. Bunda:
Defektolog:
- Men senga koptokni otaman va bitta predmetni bildiruvchi 
so‘zni aytaman, sen menga koptokni otayotganingda shu so‘zni ko‘plikda 
aytasan, - deya taklif etadi. 
O‘yinning borishi:
Defektolog koptokni bolaga otadi va “uy” so‘zini 
aytadi, bola koptokni qaytarib otadi va “uylar” so‘zini aytadi. 5-8 tagacha 
bo‘lgan so‘zlar o‘yin davomida nomlanishi lozim.
Ushbu o‘yinda bola harakat va so‘zni bir-biri bilan uyg‘unlashtirishni ham 
o‘rganadi. O‘yinni butun ta’lim jarayonida takroran o‘ynab turish tavsiya etiladi. 


99 
Chunki maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning xotirasi sust, diqqati tarqoq 
bo‘ladi. Qayta-qayta takrorlanishi natijasida bolada bu so‘zlarning ko‘plik va 
birlikdagi shakllari yanada mustahkamlanib boradi. 
Ushbu so‘zlardan keyinchalik ham o‘z hayotida foydalanish ehtiyojini 
paydo qiladigan holatlarni yaratish samarali usullardan biri hisoblanadi. 
So‘z yasashda kelishik qo‘shimchalaridan to‘g‘ri foydalanish, “Kiyimlar” 
mavzusiga doir leksik zahirani boyitish maqsadida 
“Bu kimning kiyimlari
o’ylab top?!”
o‘yinini tavsiya etamiz. 
Didaktik materiallar
ro‘mol o‘ragan buvi, xalat qiygan ona, po‘stindagi 
qizaloq, bosh kiyimli amaki
 
va shunga o‘xshash boshqa odamlarning tasviri
tushirilgan rasmlar. Shuningdek, ushbu kiyimlarning alohida tasvirlangan 
rasmlari: 
ro‘mol, xalat, bosh kiyim, po‘stin 
va b. 
O‘yinning borishi: 
bolalar rasmlarni ko‘rib chiqadilar. Defektolog 
predmetlardan birini nomlaydi. Bolalar esa ushbu kiyim kimga tegishli 
ekanligini aytadilar. 
- Bu buvijonimning ro‘moli, bu onamning xalati, bu qizaloqning po‘stini
va h.k. 
Ushbu o‘yinda bolaning nafaqat lug‘at boyligini oshirish, grammatik 
jihatdan kelishik qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish malakalariga ega bo‘lish, 
balki mantiqiy fikrlash, tafakkur boyligi ham bir vaqtning o‘zida rivojlanishini 
guvohi bo‘lish mumkin. Ushbu o‘yinda “Kiyimlar” mavzusi tanlangan, huddi 
shu tarzda boshqa mavzular bilan tanishtirishda ham shu o‘yindan foydalanish 
mumkin. 
Misol uchun “Hayvonlar” mavzusini tanlab olaylik. O‘yin

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin